У нас есть только
оригинальные песни

Qanday qilib Belgiya fuqaroligini olish mumkin?

calendar 21.03.2018
1127

Belgiya — Yevropaning eng kosmopolit mamlakatlaridan biri. Bu yerda uch davlat tili bor: niderland, fransuz va nemis. Aholisi - 11 million kishi, ularning 10 foizidan ziyodini turli mamlakatlardan kelgan muhojirlar tashkil qiladi.

Poytaxt Bryussel — Yevropa Ittifoqi siyosiy hukumati ramzi va Yevropa siyosiy hayoti markazi, Antverpen esa — Yevropaning eng yirik va tez rivojlanayotgan portlaridan biri, shu bilan birga, Yevropaning eng qadimiy olmoslar savdosi markazi hamdir. Forbes Belgiya fuqaroligiga doir qiziqarli ma`lumotlari bilan bo'lishdi.

Belgiya haqida yana nimalarni bilamiz?

  • U maydoniga ko'ra Yevropa mamlakatlari orasidagi beshinchi eng kichik davlat;
  • Eng yirik qahva importchilari orasida - oltinchi;
  • Belgiyada o'rtacha umr davomiyligi - 80 yosh;
  • G'arbiy Yevropadagi ajrimlar bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichlar (58 foiz) - Belgiyada;
  • O'rtacha ish haqi yiliga 35 000 yevrodan oshadi.

Shunday o'ziga xos jamiyatning to'laqonli a`zosi bo'lish va Belgiya fuqaroligini olish imkoni mavjudmi?

Sir emaski, YeIda yashovchi immigrantlar ko'pincha doimiy yashash joyi (DYaJ) mavqeini olib, uni o'zgartirmaslikni va "fuqarolik" uchun murojaat qilmaslikni ma`qul ko'rishadi.

Bu pozitsiya ko'p Yevropa davlatlari uchun xos, biroq Belgiya uchun emas. Aksariyat aholisi yuqori saviyali, ijtimoiy faol kishilardan iborat bo'lgan kichik mamlakatda farovon turmush va xotirjamlik uchun o'zingizni qo'shnilar bilan teng his qilishingiz muhim. Fuqaro bo'lish — bunday "muvozanat"ning asosiy jihatlaridan biridir. Kechagina Belgiya fuqaroligini olishning hech qanday zarurati yo'q deb hisoblagan muhojirlarning ko'pchiligi bugun o'z nuqtai nazarini tubdan o'zgartirgan. Ularda Belgiyada qulay hayot kechirish uchun mas`uliyatni zimmaga olib, fuqarolikni qabul qilish kerakligiga doir ishonch paydo bo'lgan. Yana bir muhim jihat — Belgiya ikki davlat fuqaroligini tan oladi, shuning uchun tug'ilgan yurtingiz fuqaroligidan voz kechish uchun asos yo'q.

Nazariya

2013 yilda kuchga kirgan qonunlarga muvofiq, Belgiya fuqaroligiga da`vogarlik qiluvchilar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • 18 yoshga to'lish;
  • besh yil davomida Belgiyada yashash;
  • fuqarolik jamiyatiga integratsiyalashganini va kamida uch rasmiy tildan birini bilishini isbotlashi;
  • hukumatning qat`i iqtisodiy talablariga javob berish (istisno: Belgiya fuqarolari bilan turmush qurgan kishilar, nogironligi bo'lgan shaxslar, umuman fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, pensionerlar).

Rasman fuqarolikni olishning "tezlashtirilgan" varianti ham mavjud. Buning uchun fuqarolikka da`vogar uch yil davomida Belgiyada yashab, mamlakat bilan "uzviy aloqalari"ni isbotlashi va madaniyat, sport, ilm-fan kabi sohalarda "mamlakat oldidagi yetuk xizmatlari"ni namoyish qilishi kerak bo'ladi. Qator holatlarda da`vogarning bo'lg'usi xizmatlari haqida ham gapirish mumkin (agar uning salohiyati e`tirofga umid bersa, albatta).

Umuman olganda, fuqarolik to'g'risidagi qonun uni olishga da`vogar xorijlik fuqarolar sonini cheklashga va tabiiyki, pasportni to'g'ridan-to'g'ri qo'lga kiritish imkonini bermaslikka qaratilgan bo'ladi. Mamlakat oldidagi xizmatlar iqtisodiyotga sarmoya qilingan pullar bilan o'lchanishi mumkin emas. "Qonunning cheklovchi maqsadi"ga qat`iy nazorat hisobiga erishiladi. Shuning uchun barcha arizalar hukumat darajasida qat`iy tekshiriladi. Hujjatlarni ko'rib chiqish muddati o'rtacha ikki yilni tashkil qiladi.

Tajriba

Xo'sh, amalda qanday qilib Belgiya fuqaroligini olish mumkin?

Agar "uzviy aloqalar va yetuk xizmatlar" ahamiyatga ega bo'lsa, tezlashtirilgan variant - fuqarolikni olishga to'g'ridan-to'g'ri yo'l. Biroq fuqarolikka da`vogarlar orasida bunday insonni uchratish - kamdan-kam kuzatiladigan holat. Shu bois eng real optsiya — biznes–immigratsiya: turar-joyga ega bo'lish maqsadida Belgiya hududida kompaniyani ro'yxatdan o'tkazish, keyin DYaJni rasmiylashtirish va besh yil davomida fuqarolik uchun hujjatlarni topshirish. Asosiy shart — kompaniya faol bo'lishi, ijobiy muvozanatga ega bo'lishi, qonun tomonidan belgilangan soliqlarni to'lashi kerak. Oilaning barcha a`zolari (turmush o'rtog'i, 18 yoshgacha bo'lgan bolalar) asosiy da`vogar bilan birga Belgiya fuqaroligini olish yo'lidan borishadi. "Oilaviy rejalar"ni amalga oshirish uchun ijara turar-joyga ega bo'lishning o'zi yetarli.

Belgiya pasportini Pasportlar indeksi (Passport Index)nuqtai nazaridan baholaydigan bo'lsak, u dunyoning 174 mamlakatiga kirishda viza olish va elektron viza imkoniyatlari bilan ta`minlaydi. Bu esa uni Avstriya (177 mamlakat), Lyuksemburg (177 mamlakat), Niderlandiya (177 mamlakat), Buyuk Britaniya (177 mamlakat), Kanada (176 mamlakat), Shveytsariya (176 mamlakat) va AQSh (176 mamlakat) pasportlari bilan bir qatorga qo'yadi.

Va oxirgisi. Kipr yoki Malta pasportini ancha tez olish imkoni turganda yillar ketkazib, Belgiya fuqaroligini kutgandan nima foyda? Hatto ancha jiddiy investitsiyalar kiritishga to'g'ri kelsa ham. Kipr va Malta fuqaroligini olishni do'kondan mahsulot olishga tenglashtiradigan bo'lsak, xaridorlar salohiyatli xaridorning "taklif qilinayotgan tovar"ga qanchalik munosib ekanini har tomonlama tekshirishlari shart. Tekshiruv doim yuqori darajali sub`yektivlik bilan va cheklangan vaqt sharoitlarida bajariladi.

Biznes orqali fuqarolikni olish bu kamchilikdan xoli, zero u mahalliylashish uchun standart muddatlarda kechadi va istisnosiz fuqarolikka ega bo'lishning barcha bosqichlaridan o'tishni ko'zda tutadi. Natijaga erishish texnologiyasi shaffof va amalda hech qanday muammolarni keltirib chiqarmaydi.

Яндекс.Метрика