Qanday qilib buyuk inson bo'lish mumkin: Albert Eynshteyndan 5 o'rnak

Bir paytlar Tomas Edison: «Men minglab xato qilmadim. Balki, elektr lampani kashf qilish uchun ming qadam tashladim». 

Dunyodagi ajoyib ixtirolar ko'p hollarda yirik mag'lubiyatlar bilan barobar yuradi. Bugungi kunda yetukligi e`tirof etiladigan Albert Eynshteynning hayoti ham aslida bulardan xoli bo'lmagan. Eynshteyn ko'pchilik nazdida buyuk olim va dahodir. Ammo Albert Eynshteyn maktublari va ishlarining to'plamlari buning aksini ko'rsatadi. Ya`ni kurashlar va mag'lubiyatlar tarixi bizga birinchi navbatda Eynshteyn inson bo'lganini isbotlaydi. Quyidagilardan har kim Albert Eynshteyndan o'ziga kerakli darsni olishi mumkin. 

1. Ha, ba`zan daholar ham xato qilishadi... ammo faqat ba`zan

Eynshteyn daho bo'lgani uning har doim haq bo'lganini anglatmaydi. Bunga eng yaxshi misol — Kvant nazariyasining Koinot mutlaq aniqlik negizida emas, ehtimollarga asoslangani haqidagi ta`kiddir. Eynshteyn bu nazariyani bir onda qabul qila olmadi. Bilamizki, u Nils Bor bilan munozaralarda shunday degan edi: «Xudo Koinot bilan oshiq o'ynamaydi» deb yuborgan, Bor esa unga javoban: «Xudoga nimani qilishni, nimani qilmaslikni aytish joiz emas», deya ta`kidlagan. 

2. O'qish foydali

Albatta, siz to'g'ri kelgan narsani o'qishingiz mumkin. Ammo, lozim vaqtda kerakli kitobni o'qish sizning qarashlaringizga hal qiluvchi ta`sir ko'rsatishi mumkin. Zamonaning buyuk olimi Eynshteynni qanday kitoblar qiziqtirgan bo'lishi mumkin?  U sevib mutoaala qilgan asarlardan biri shotlandiyalik faylasuf Devid Yumning «Inson tabiati haqidagi risola»dir. Eynshteyn ushbu kitobni o'qish unga mashhur ehtimollar nazariyasini shakllantirishda yordam bergan. Boshqalar nima qilgani, uni qanday amalga oshirgani va uning natijasi xususida o'qir ekansiz, siz yangi g'oyalarni shakllantirishingiz mumkin. 

3. Chaqiriqni qabul qiling

Eynshteynning o'ziga xos jihatlaridan biri uning murakkab ilmiy g'oyalarni xayolida favqulodda jonlantira olish qobiliyatidir. U buni xayoliy tajriba deb atagan. Albert Eynshteyn shunchaki nazariyalarni xayolida to'qib yozmagan. U fizikani juda ham yomon ko'radigan kishilar ham unuta olmaydigan mashhur E = mc2 tengligini yozishgacha qancha-qancha xato qilgan. Ammo Eynshteyn bularning bariga qat`iyati bilan erishgan. Masalan, Eynshteyn o'ziga: «Yorug'lik tezligida harakatlangan odam o'z aksini oynada ko'rishi mumkinmi? Javob ha bo'lsa, oynadagi aks katta bo'ladimi, kichikmi?», degan savollar bergan. U bu savollarni turlicha berib ko'rar ekan, masalaga turlicha yondashib, Koinotning eng mavhum sirlaridan birini kashf qilishga yaqinlashgan. U bu usulni umumlashtirgan holda: «Aqlning haqiqiy ko'rinishi — bu bilim emas,balki tasavvurdir», degan edi. Uning ishlanmalari keng tarqalguniga qadar, Eynshteyn o'nlab yillar mobaynida tajribalar o'tkazib, haqligini isbotlab keldi. Umumiy va maxsus ehtimollar nazariyasi isbotlanganida Enshteyn boshqa murakkab masalalar yuzasidan tajribalar o'tkazishni to'xtatmadi. U, alaloqibat, elektromagnitlik va tortishish qonunlarini bir nazariya doirasida jamlashga hamda uni Kvant mexanikasi nazariyasi bilan birlashtirishga urindi. Bu narsa olimni ko'plab boshi berk ko'chalarga olib kirdi, biroq aynan shu narsa Eynshteyn dahosini va maqsadga intiluvchanligini isbotlaydi. 

4. Zaifliklaringizni kuchli tomonga almashtiring

Eynshteyn voyaga yetgach ijtimoiy vaziyatlarda o'zini tutishni ancha o'rganib olgan edi. Biroq bolaligida unga oson bo'lmagan: kichik singlisining xotirlashicha, u qiynalib gaplashgan. Keyinchalik, Eynshteynning o'zi so'zlarni yodlab qolish juda qiyin bo'lganini aytgan. Saymon Baron-Koen kabi ekspertlarga ko'ra, Eynshteyn Asperger sindromiga uchragan bo'lishi ehtimol. Bu sindrom odamovilik, hissiy ortda qolish va ijtimoiy jihatdan badxulqlik, birovlarning hissiyotini qabul qila olmaslik, tushunmaslik kabilarda ko'rinadi. Hammasidan ham Eynshteyn muloqot qilish va so'zlashuvda muammolarga duch kelgani katta ehtimoldir. Asperger sindromiing yana bir ko'rinishi — bu bir mavzusiga haddan ortiq berilib ketishdir. Shu boisdan ham garchi Eynshteyn sotsiallashuvni yomon ko'rgan bo'lsa-da, u yolg'izlikni xush ko'rgan va ko'p tafakkur qilgan. 

5. Atrof-muhit muhim ahamiyat kasb etadi

2006 yili London kitob yarmarkasida 1,5 mln dollarga Eynshteynning 15 ta qo'lyozmasi va 33 ta maktubi sotuvga qo'yildi. Ular 1933 va 1954 yillar oralig'ida yozilgan. Ulardan bilish mumkinki, mashhur olim talabalik yillarida oson bo'lmagan. Uning g'oyalari professorlarning qo'llab-quvvvatlashiga sazovor bo'lmagan. Eynshteyn patent idorasida kotib sifatida ishlay boshlagach, nafaqat fizika, balki matematika va falsafa yo'nalishlarida ham muvaffaqiyat qozona boshladi. Chunki, inkor inkorni rad etadi. Shunday ekan, nima bilan shug'ullanmang, atrofingizda sizga do'stona va ochiq kishilar bo'lishiga e`tibor qarating. Bu o'zligingizni kashf etishda yordam beradi. 

Xulosa o'rnida

Eynshteyn ishlari, fiziklarning tushunishicha, vaqt, makon, tortishish va yorug'likni o'zgartirib yubordi. U tarixdagi eng buyuk olimlardan biri bo'ldi va Galileo Galiley va Isaak Nyuton bilan bir qatorda turadi. Bu shunchaki uning daho ekani tufayli emas, u shaxsiy va kasbiy hayotda mag'lub bo'lishni qabul qila olmagan. Eynshteyn ko'p narsalarda chuqur adashgan. Ammo u hech qachon taslim bo'lmadi. Chunki uning irodasi v qat`iyati yengilmas edi. 


Комментарии (0) | Добавить: 07.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]