У нас есть только
оригинальные песни

Qanday qilib kam sarflash va ko'proq yig'ish: yodimizdan ko'tariladigan oddiy qoidalar

calendar 29.06.2018
1119

Aniq rejalar tuzishni o'rganamiz va mayda pullarni bankaga solishga odatlanamiz.

Qanday qilib kamroq sarflash mumkin?

1. Kirim va chiqimlarni yozib boring

Pulni pala-partish ishlatishning eng ko'p tarqalgan sababi – nazoratning yo'qligi. Pul qayerga oqib ketayotganini aniqlash uchun kunlik kirim va chiqimlar hisobini yuritish kerak. Qulay vaqt, masalan kechki paytni tanlab, xarajatlar va kirimni bloknot yoki maxsus mobil ilovaga yozib qo'yish.

Katta miqdorda xarajatlar amalga oshiriladigan kategoriyalarni kichikroq guruhlarga bo'lish. Masalan, “Yegulik”ni “Mahsulotlar”, “Qahvaxona, restoranlar”, “Ishxonadagi tushlik” kabilarga ajratish. Bu oshib ketgan xarajatlarni aniqlash va ularni optimallashtirish imkonini beradi. Misol uchun, do'stlar bilan qahvaxonada o'tirish o'rniga shahar tashqarisiga chiqib, kabob saylini uyushtirish ancha arzon tushadi.

Birinchi oyning oxiriga kelib, o'zingiz va o'z odatlaringiz xaqida bilib olishingiz mumkin. Zarurat bo'lsa, ularni o'zgartiring.

2. Byudjyetni rejalashtiring

Har oy qancha sarflashingiz mumkinligini hisoblab ko'ring. Kirim chiqimga qaraganda minimum 10 foizga ko'proq bo'lgan byudjyet ideal hisoblanadi.

Xarajatlarning har bir kategoriyasi uchun kunlik yoki haftalik limitni aniqlang va unga qat`iy rioya eting.

O'z xarajatlaringiz uchun ularning ahamiyatidan kelib chiqib, shaxsiy qoidalar ishlab chiqing. Masalan, oziq-ovqat, kommunal to'lovlar, kredit, qarzlar. Ana o'shanda ustuvor yo'nalishlarni aniqlab, kredit to'lovlarini kechiktirganlik uchun qo'llaniladigan jarima sanksiyalarini chetlab o'tasiz, pul mablag'ini kerakmas bo'lgan joyda “oldindan” to'lab yubormaysiz.

3. Hayotni murakkablashtirish

Kutilmagan xarajatlardan xalos bo'lishning bir necha usullari bor. Biroq buning uchun do'konlarga borishni murakkablashtirishga to'g'ri keladi.

Do'konlarga mahsulotlar ro'yxati bilan borish va unga qat`iy rioya etish.

O'zingiz bilan cheklangan miqdordagi naqd pul oling (yoki kunlik limit o'rnatilgan karta).

Qoida o'rnating: agar “anavi yashil tufli” yoqib qolsa, darhol sotib olmang, fikringiz o'zgarib qolmasa, ertasi kuni xarid qilasiz.

Zaruriy bo'lmagan, biroq qulay narsalarni xarid qilish uchun xarajat qilishni o'zingizga ma`n eting, masalan, uyga ovqat buyurtma berish va h.k.

4. Inventarizatsiya o'tkazing

Vaqti-vaqti bilan (bir oyda yoki yarim yilda bir marta) garderob, kitob javonlari, mahsulotlar zaxirasini ko'zdan kechiring. O'zingizda bor narsalar ro'yxatini tuzing. Balki shkafingizda bugun super dolzarb bo'lgan vintaj ko'ylak bordir. Oshxonada esa esingizdan chiqqan dukkaklilar zaxirasi.

Foydalanmayotgan narsalaringizdan voz keching: katta pul evaziga sotilmaydigan narsani ham ushlab o'tirmang.

5. Rad etishni o'rganish

Aql bilan qilingan shoppingdan pul ishlash mumkin. Har safar kutilmagan xariddan o'zingizni “asrab qolganingizda” uning narxi qiymatini jamg'arma hisobiga yuboring.

Har oy rad etish mumkin bo'lgan minimum 10 ta xarajatni topaman. Bu arzimagan narsa (masalan, o'zingiz bilan olib ketiladigan qahva) ham, jiddiy xaridlar ham bo'lishi mumkin: hisob bo'yicha 10 ko'ylak, navbatdagi oyoq kiyim, interer uchun kerak bo'lmagan buyum va b. Oy oxirida qancha tejab qolinganini hisoblayman.

Maksim Sundalov, EnglishDom ingliz tili onlayn maktabi rahbari

6. Imkoniyatlardan foydalaning

Chegirmalar vaqtini kutishni odat qiling. Sevimli do'konlardagi tovarlar haqiqatan ham chegirma bilan sotilayotgani yoki nohaq marketing o'yini bo'layotganini aniqlay olasiz.

Ishonchlilik dasturlaridan foydalaning, hozir u deyarli hammada bor. Chegirma kartalarini uyda unutib qoldirmang. Yangiliklarni kuzatib boring: ko'pgina do'konlar pulni tejash imkonini beradigan aksiyalar uyushtirishadi.

Keshbek haqida unutmang. Bu muayyan maqsadlar uchun qo'shimcha jamg'arma bo'ladi.

Artur Lyubarskiy, mustaqil moliyaviy maslahatchi

7. Xaridlarni ish vaqti bilan taqqoslang

Tejashni boshlash uchun yaxshi sabab. Kamida u yoki bu xaridlar zarurligi jihatidan o'rganila boshlaydi.

Xaridlar narxini ish soati bilan solishtirib ko'ring. Masalan, haftasiga besh kun soat 9 dan 18 gacha ishlaysiz, oyligingiz 1 million so'm. Bir kuningiz o'rtacha 50 ming so'mga teng. Tuflini 200 mingga xarid qildingiz – bu sizning to'rt kunlik to'liq ish kuningiz.

8. Zo'riqishdan xalos bo'lishning yangi usullarini o'ylab toping

Ko'pchilik uchun shopping – kayfiyatni ko'tarishning kuchli usuli. Biroq u zararli odat. Shopogolizm xuruji keraksiz xaridlarga olib keladi, zo'riqish esa bundan yanada kuchayishi mumkin. Siz pulni bekorga sarflab yuborganingiz uchun o'zingizni ayblaysiz. Va “Qancha ishlab topma, baribir yetmaydi” qopqonida chiqib ketolmaysiz.

Bu boshi berk ko'cha. Asabiylashdingiz – qahvaxona, shopping, spa va boshqa joylarga borasiz. Pul sarflaysiz, hayot darajasini qo'llab-quvvatlash qiymati oshadi. Yakun – o'zingizni qo'shimcha ish bilan band qilib, yanada ko'proq asabiylashasiz. Kirim ortishi mumkin, biroq u bilan birga hayot darajasi ham ortmoqda, ammo undan lazzatlanish yo'q.

Galina Iyevleva, «Maqsadlarga erishish ustaxonasi» asoschisi

Nima qilish kerak? Zo'riqishni olishning pulga bog'liq bo'lmagan usullari: sayr, yoqimli muloqot, sport, musiqa va b. “Zo'riqishni oladigan” xaridlarga qat`iy “yo'q” deb javob berishni o'rganing.

Qanday qilib jamg'arish mumkin?

1.Aniq maqsadlar qo'ying

Talabingizni maksimal darajada aniq belgilang. “Mashina istayman” emas, “Keyingi yil yoz fasliga qadar qizil avtomobilga ega bo'lishni istayman”. Buning uchun qancha pul yig'ish kerakligini hisoblab ko'ring. Agar orzularingizni tasavvur etsangiz, o'zingizni xarajatlardan cheklash osonroq bo'ladi.

Pulni samaraliroq yig'ish uchun jarayonni avtomatlashtiring.

Agar oylik maoshingiz kartochkaga tushiriladigan bo'lsa, har bir kirimdan 10 foiz hajmida jamg'arma hisob raqamiga o'tkazib borishni sozlang. Unda jamg'armangizga foizlar hisoblanadi.

2. Ongli bo'lishga o'rganing

Pulni tugaguniga qadar sarflab yuborish – pullarga nisbatan bolalarcha munosabatda bo'lish. Moliyani boshqarish qobiliyati – yetuk shaxsning ko'nikmasi. Uni mashq qildirish mumkin va zarur. Uni qanday amalga oshirish usullarini izlang.

Qo'lingizga pul tushishi bilan uni bir necha qismga ajrating. Bir qism – 5-10 foiz – daxlsiz zaxiraga olib qo'ying. Bu xavfsizlik yostiqchasi bo'lib, undan kutilmagan holatlarda foydalansangiz bo'ladi. Ikkinchi qismi sarmoya uchun: endi pul siz uchun ishlaydi, aksincha emas. Uchinchi qismni kutilmagan xarajatlarni chetlab o'tishga harakat qilib, kundalik ehtiyojlar uchun sarflang.

Rostislav Plechko, sportchi, tadbirkor

3. Mayda pullarni bankaga solish

Ma`lumki, tanga katta pulni tejaydi. Hamyoningizda yig'ilib qoladigan pullarni yig'ish uchun uyingizda quticha yoki bankaga solishni odat qiling. Bir oy davomida bunday idishda ancha pul to'plab qo'yish mumkin.

4. Daromadning yangi manbalarini izlang

Bugun qo'shimcha daromad manbaini topish oson. Har qanday ishning buyurtmachilari va bajaruvchilarini birlashtiradigan maxsus internet-xizmatlar bor. Asosiy ishingizdan bo'sh vaqtingizda doimiy ravishda qo'shimcha daromad ishlab topishingiz, yoki xohish hamda  imkoniyat bo'lganida bajarish uchun bir martalik buyurtmalar olishingiz mumkin.

Qo'shimcha ish nafaqat charchoqli, balki yoqimli ham bo'ladi: kuchuk bilan sayr qilish, hujjatlarni yetkazib berish, internetda ma`lumot topish va h.k. Ta`bingizga qarab tanlang.

Eng muhimi – sarflamasdan, qo'shimcha daromadning hammasini yig'ish. Agar bu qoidalarga rioya etilsa, vaziyat juda tez yaxshilanadi.

Яндекс.Метрика