Qanday qilib kompyuterda ishlab sog'liqqa ziyon yetkazmaslik mumkin?


Ko'z qizarishi, bukchayib qolish va charchoq... Yo'q, bu dahshatli filmlardagi zombi emas, shunchaki kompyuterda ishlovchi va maslahatlarga quloq tutmaydigan insonlarda kuzatiladigan holatdir. "Zdorove s Yelenoy Malyshevoy"da kompyuterda ko'p ishlovchi kishilar uchun kerakli tavsiyalar taqdim etildi.

1. Qulay kreslo sotib oling

Oddiy stul to'g'ri kelmaydi. Qomatga ziyon yetkazmaslik uchun maxsus anatomik kompyuter kreslosini sotib olish kerak. U o'rtacha qattiqlikda bo'lishi kerak, stulning balandligi va suyanchig'ini boshqarish imkoni bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Kresloning bilak qo'yiladigan joyi kengroq bo'lishi ayni muddaodir.

2. Noutbukdan ko'ra statsionar kompyuter yaxshiroq

Har holda sog'liq uchun. Noutbukda ishlash davomida qo'llar noto'g'ri joylashgan bo'ladi, umurtqa pog'onasi g'ildirakka o'xshab bukchayib qoladi, ekranga noto'g'ri burchak ostidan qarashga to'g'ri keladi. Agar tanlash imkoni bo'lmasa, noutbuk uchun maxsus jihozdan foydalaning. Uni shunday joylashtiringki, monitor ko'zlaringiz to'g'risida, lekin 50 sm masofada (oldinga cho'zilgan) bo'lsin.

3. Harakatda bo'ling

Kuni bo'yi kompyuter qarshisida o'tirsangiz, organizmingizdagi qon sirkulyatsiyasi buziladi. Ayniqsa, tananing pastki qismi jabrlanadi - bu esa bavosil, umurtqa churrasi va bo'g'in kasalliklari bilan xavf soladi. Doimiy intellektual taranglik esa ko'z va miya mushaklari bosimi bilan birga bosh og'rig'i va surunkali stressga olib keladi.

Bularning barini chetlab o'tish uchun kamida 60 marta tanaffus qiling. Imkon bo'lsa, toza havoda sayr qiling. Olimlar hatto 15 daqiqa piyoda sayr qilish yana 2 soat ishlashga kuch beradi, deb hisoblashadi.

4. Yorug'likni to'g'ri tanlang

 

Deraza qarshisida ishlamang, shunda ko'zingiz toliqmaydi. Umuman olganda, yorug'lik sun`iy bo'lgani yaxshiroq - albatta, quyosh yaxshi kayfiyat bag'ishlaydi, biroq u doim ham birdek nur sochmaydi.

Yorug'lik kam bo'lgandan ko'ra ko'proq bo'lgani ma`qul. Qorong'ulikda ko'zlar yoqimsiz kontrastga ko'nikishiga to'g'ri keladi: yorqin ekran va to'q rangli fon. Kechki payt va tunda albatta chiroqni yoqing.

5. Ortiqcha narsalarni olib tashlang

Agar siz kompyuteringiz yonida kaktus yoki ovqat solingan likopcha turishiga odatlangan bo'lsangiz, hech bo'lmaganda ularni orqaroqqa qo'yishga harakat qiling. Ish stoli ustida ortiqcha narsalarning turishi  sizni chalg'itadi. Shuningdek, qo'llarni to'g'ri tutish hech kimga xalaqit bermaydi. Qo'llar stolning ustida bo'lishi kerak, aks holda bo'g'inlar bilan bog'liq muammolar yuzaga kelishi mumkin.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!