Qanday qilib orzuingizdagi ishga vaqt topish va muvaffaqiyatga erishish mumkin?

Ko‘pchilik kunlarning birida muvaffaqiyatli bo‘lib uyg‘onishni orzu qiladi, lekin bu o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Nimagadir erishish uchun bunga vaqt sarflash kerak bo‘ladi.

Bir sutka ichida hammada bir xil miqdorda vaqt bo‘lgani bilan, ba’zilar o‘z orzularini amalga oshirishga ulguradi, boshqalar esa yo‘q. Bu ko‘p hollarda bo‘sh vaqtni qanday o‘tkazishga bog‘liq. Odatda biz ishdan chiqib uyga kelganimizdan keyin uni bekorga ketkazamiz. Buni o‘zgartirishning vaqti keldi.

Sizda ko‘ringanidan ko‘ra bo‘sh vaqtingiz ko‘proq

Sizda muvaffaqiyatga erishish va orzuingizni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan vaqt bor. Agar foydasiz mashg‘ulotlarga sarf qilingan hamma soatlar va daqiqalarni qo‘shsak siz uchun muhim bo‘lgan yetarlicha vaqt yig‘iladi.

Sinab ko‘ring:

Erta uxlashga yotish va erta turish.

Ijtimoiy tarmoqlarga vaqt sarflamaslik.

Quvvat beradigan oziq-ovqatlar bilan ovqatlanish.

Televizor ko‘rmaslik.

Telefon orqali suhbatlarni oldindan rejalashtirish orqali vaqtni tejash.

Foydasiz suhbatlar olib bormaslikka va o‘zingizni chalg‘itishlariga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiling. Ko‘proq ishlarga ulgurayotganingizni o‘zingiz ham seza boshlaysiz.

Bo‘sh vaqtingizni o‘zingizga qanday qaytarishingiz mumkin?

Vaqtingizdan qanday foydalanayotganingiz faqat o‘zingizga bog‘liq. Uni pul topishga ishlatishni to‘xtating. O‘zingizdan biron-bir iz qoldirish va odamlarga yordam berish bilan shug‘ullanishni boshlang.

Har hafta o‘zingiz bajarayotgan va orzuingizga aloqasi yo‘q, sizga quvonch va mamnuniyat bag‘ishlamaydigan ishlarning ham hammasini ro‘yxat qiling. Keyin har bir ishga ketadigan vaqtni hisoblab chiqing. Bu sizning har bir qadamingiz orzu bilan bog‘langan bo‘lishi shart degani emas. Tabiiyki, siz oilaga, uy ishlariga va boshqa vazifalarga chalg‘iysiz.

Bu mashqning ma’nosi foydasiz mashg‘ulotlar: ijtimoiy tarmoqlar, televizor, ma’nosiz suhbatlarni aniqlash va qisqartirishdan iborat. Shundagina siz haqiqatan ham o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan vaqtni topa olasiz.


Комментарии (0) | Добавить: 31.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]