У нас есть только
оригинальные песни

Qanday qilib uyqudan yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onish mumkin?

calendar 14.10.2017
2393

Ertalabki paytlar hammamiz uchun ham og‘ir bo‘ladi. Soat qo‘ng‘irog‘i ovozidan uyg‘onib ketasiz va krovatda yana biroz qola olmasligingizdan jahlingiz chiqadi.

Uorvik universiteti tadqiqotlarining natijalariga ko‘ra, baxtli odamlar ko‘proq sermahsul bo‘lishar ekan. Va biz ham o‘zimizni yaxshi his qilsak, yashash ancha osonlashishini tajribalardan bilamiz.

Ertalabki kayfiyatni ko‘tarish uchun, uydan chiqishdan oldin quyidagi usullarni sinab ko‘ring.

  1. Mashq qiling

Mashqlar endorfinlar (kayfiyatni yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan miyadagi kimyoviy moddalar) tufayli sizni tetiklashtiradi. 15 daqiqalik unchalik katta bo‘lmagan mashqlar to‘plami yaxshi kayfiyat uchun ko‘plab endorfinlarni chiqarishga yordam beradi.

  1. Meditatsiya qilish uchun bir daqiqa ajrating

Meditatsiya stressni ketkazishga yordam beradi. Tayyorlanish vaqtida meditatsiya qilish uchun to‘xtab oling. Kaliforniya universiteti olimlari meditatsiya paytida paydo bo‘ladigan tushunish stress gormoni — kortizolning ishlab chiqilishini pasaytirishga yordam berishini aniqladilar.

  1. Tabassum qiling

Jilmayish, hatto zo‘raki bo‘lsa ham, tuyg‘ularimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va stress darajasini kamaytiradi. Yuz bilan bog‘liq bo‘lgan gipotezalarga ko‘ra, miya jilmayish uchun zarur bo‘lgan yuz mushaklarining o‘zgarishini hissiyotlarning ijobiy ifodasi sifatida qabul qiladi. Shuning uchun ertalabki ma’yuslikni to‘xtatish uchun tabassum qiling.

  1. Vanil hidlang

Hidlarning hissiyot holatiga ta’sirini tekshiruvchi tadqiqotlar vanilning tinchlantirish va orom oldirish xususiyatlari borligini isbotladilar.

Krovatingiz yoniga vanilli sham yoqib qo‘ying yoki dush uchun vanilli vosita sotib oling.

  1. Yaqinlaringiz suratlariga qarang

Olimlar sog‘inish va ijobiy hissiyotlar orasidagi aloqani aniqladilar: sevgini boshdan kechirgan paytlarni eslash miyani bu hissiyotlarni qayta takrorlashga majbur qiladi.

Baxtli onlaringizni eslash uchun, telefoningizga o‘zingizning bolalikdagi suratlaringizni yoki do‘stlaringiz bilan tushgan selfilarni tashlab qo‘ying.

  1. Uglevodlar yeng

Yaxshi uglevodlarni iste’mol qilish kayfiyat uzatuvchi gormon – serotonin miqdorini oshiradi. Tarkibida triptofan yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlar: banan, yogurt, bug‘doy, tuxum va yong‘oqlarni ko‘proq iste’mol qiling. Bu oziq-ovqatlar sifatli nonushta uchun ajoyib masalliqlar bo‘lib xizmat qiladi!

Яндекс.Метрика