У нас есть только
оригинальные песни

Qanday qilib yangi tanishlarning ismlarini oson eslab qolish mumkin?

calendar 30.08.2017
1085

Ba’zan yangi tanishlarning ismlarini tez unutib qo‘yamiz. Biz sizlarga odamlarning ismlarini yaxshi eslab qolishga yordam beruvchi usullar haqida aytib bermoqchimiz.

  1. Diqqat bilan eshiting

Ko‘pincha odamlar o‘zlarini tanishtirayotganlarida biz o‘z fikrlarimiz bilan chalg‘ib ketamiz — masalan, aytaylik keyin nimani gapirishimiz kerakligi haqida o‘ylaymiz. Buning o‘rniga diqqatingizni yangi tanishingiz nima haqida gapirayotganiga qarating.

  1. Ismni takrorlang

Yangi tanishingiz o‘zini tanishtirgandan keyin, suhbat chog‘ida ismini yana bir marta takrorlashning yo‘lini o‘ylab toping. Agar uning ismi g‘ayrioddiy yoki qiyinroq bo‘lsa, u qanday yozilishini so‘rang. Yoki oddiygina qilib, oxiriga uning ismini qo‘shib “Tanishganimdan xursandman”ga o‘xshash gapni ayting.

  1. O‘zaro bog‘lanish toping

O‘zingizcha shu ism bilan bog‘liq bo‘lgan kimnidir yoki nimanidir tasavvur qilib ko‘ring. Masalan, Alisher ismini Alisher Navoiy bilan, Nodira ismini esa Nodirabegim bilan bog‘lash mumkin.

  1. Bu bog‘lanishni odamning tashqi ko‘rinishi bilan birlashtiring

Masalan, Alisher Navoiyni yangi tanishingizning sochlari yoki burni bilan tasavvur qilib ko‘ring. Faqat suhbatdoshingizga bunday mug‘ombirlik haqida aytib qo‘ymang — u xafa bo‘lib qolishi mumkin.

  1. Bog‘lanishlarni takrorlang

Biroz vaqt o‘tgandan keyin, masalan uyga kelganingizdan keyin xotirangizda mahkam o‘rnashib qolishi uchun yangi tanishingizni, uning ismini va u bilan bo‘lgan bog‘lanishlarning hammasini eslashga harakat qilib ko‘ring.

Яндекс.Метрика