У нас есть только
оригинальные песни

Qanday soliq to'lovchilar yirik soliq to'lovchilar deb topiladi?

calendar 26.01.2018
930

Qonun hujjatlari ta`siri baholash tizimi portalida Davlat soliq qo'mitasining “Yuridik shaxslarni “yirik soliq to'lovchilar” toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash hamda ular bo'yicha soliq ma`muriyatchiligi funksiyalarini amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirilgan. Bu haqda Norma.uz yozmoqda
 
Eslatib o'tamiz, prezidentning 18.07.2017 yildagi PF-5116-son farmoniga binoan yirik soliq to'lovchilar bo'yicha soliq ma`muriyatchiligi Qoraqalpog'iston, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
 
SKning 22-2-moddasiga binoan esa soliq to'lovchilarni yirik soliq to'lovchilar toifasiga kiritishning mezonlari DSQ tomonidan belgilanishi kerak.
 
Oldingi soliq davri (kalendar yil) yakuni bo'yicha bir vaqtning o'zida quyidagi 3 ta talabga mos keladigan yuridik shaxsni yirik soliq to'lovchi deb e`tirof etish taklif qilinmoqda:

1) soliq davri yakuni bilan hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar summasi EKIHning 400 ming baravaridan kam bo'lmagan;
2) tovar aylanmasi miqdori EKIHning 5 mln baravaridan kam bo'lmagan;
3) jami aktivlari qiymati EKIHning 5 mln baravaridan kam bo'lmagan.
 
Bu ko'rsatkichlar o'tgan yildagi soliq davri yakuni bo'yicha soliq organlariga taqdim etilgan soliq hamda moliyaviy hisobotlardagi ma`lumotlar bo'yicha aniqlanadi. Bunda soliq davri yakunida belgilangan EKIH miqdori hisobga olinadi.
 
DSQ yirik soliq to'lovchilar ro'yxatini har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar bir oydan kechikmay tasdiqlashni rejalashtirmoqda. Qoraqalpog'iston, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari qaror qabul qilingan kundan e`tiboran 5 kun ichida bu haqda soliq to'lovchini hisobga qo'yilgan joy bo'yicha, shu jumladan soliq to'lovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qiladi. Soliq to'lovchi qaror qabul qilingan vaqtdan keyingi soliq davridan boshlab yirik soliq to'lovchi deb hisoblanadi.
 
E`tiborli jihati shundaki, agar yirik soliq to'lovchi deb e`tirof etilgan yuridik shaxs  soliq davri yakuni bo'yicha qo'yiladigan talablarga mos kelmay qolsa, u navbatdagi bir yil mobaynida yirik soliq to'lovchi toifasida qoladi. Tashkilot yirik soliq to'lovchilar toifadan chiqarilganligi to'g'risida soliq organlaridan xabarnoma olgunga qadar ushbu toifada qoladi.
 
Bevosita soliq ma`muriyatchiligi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan joydagi Qoraqalpog'iston, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining har bir tuzilmalari tomonidan (o'z funksional vazifalaridan kelib chiqqan holda) amalga oshiriladi.  Bunda yirik suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig'i va yer solig'i bo'yicha soliq ma`muriyatchiligi Soliq kodeksining 81-moddasida belgilangan tartibda soliq solish ob`yekti joylashgan joydagi davlat soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
 
Loyiha o'zgartirilishi, to'ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Яндекс.Метрика