У нас есть только
оригинальные песни

QARG'ISH OLGAN QIZ...

calendar 22.10.2012
10115

QARG'ISHGA QOLGAN QIZ...
(yohud ovqatga solingan shisha sinig`i)

Men sizlarga bir qizning afsus va nadomatlarini hikoya qilib bermoqchiman. 

 Meni qarindoshlarimiz va yaqinlarimizning hammasi yomon ko`radi. Garchi o`zimga aytishmasa-da, shunday hisoblayman. Dunyoda sendan nafratlanadigan kishilar orasida, har laxzada joningni o'rtab turguvchi vijdon azobi bilan yashashdan ortiq iztirob bormikin?...Eng yomoni,bunga boshqalarning emas, o`zing, faqat o`zing sababchi bo`lsang!...
To`qqiz yoshimgacha o'tgan kunlarimni entikib, sog'inch bilan eslayman.chunki o'sha kunlar - beg'am,betashvish, beg`ubor damlarim edi. Hammasi uyimizga mehmon kelganidan boshlandi.
Tog`amning akam tengi o`g`li biznikiga keldi. Bu paytda akam bog`da ishlab yurgandi. Kutilmagan mehmondan shoshib qolgan onam ovqatga undashga ulgurmadi. Ayni tushlik payt, hamma tushki ovqatga kuni kecha dadamning mehmondorchiligidan ortgan sho`rvani ichgandik. Akam esa bog`dan kechqurun kelishi kerak edi. Mehmon sabab, uni chaqirib keldik.Chunki dadam ishga ketgani uchun uyda yagona erkak akam bo`lib qolgan, qolaversa, tog`avachcham ikkisi qalin og`ayni edi.
- Ona, mehmon och ekan, men ham ochqaganman, tezroq biror nima bering,- dedi akam.
- Aksiga olib, tuxum qolmabdi, qovurib berardim. Bir pas kutsanglar biror yengilroq taom qilaman, - dedi onam.
- E, yo`q, ovqatlanib bo`lib bog`da ham ishla, ham hangoma qilamiz. Sho`rvadan qolmaganmi?
- Bor. Lekin sen birovdan ortgan ovqatni ichmaysan-da o`g`lim. Shu fe'ling nozik-da?
- Hozir ichaveraman. Yaxna go`shtdan solib yuboring, vassalom! - akam shunday deb mehmonning oldiga chiqib ketdi. Onam sho'rvali qozonchani elektr plitaga qo`yib dasturxon tuzatishga ketdi. 
- Bu paytda men oshxonada edim. Opalarim biri uzatilgan, biri soy bo`yida yalpiz terishga, yana biri kutubxonadagi ishiga ketgan, men esa maktabdan kelib onamga yordamchi bo`lib o`tirgandim. Onam bilan akam sho`rvadan gap ochishganidayoq ichim shuvillab ketdi. Chunki...
Hali mehmon kelmasidan oldin onam:  Ovqatdan ozgina ortib qoldi, olib qo`ysak, bu issiqda kechgacha ayniydi, shundog' ham kechadan beri turibdi, kechga kuchukka berarmiz degandi. Bu gapdan men hovliqib,yaxshilab-tuyib maydalab qo`yganim shisha parchalarini va sho`rvaga aralashtirib yuborgandim. Uni jinimdan battar yomon ko`radigan, yaqinda tuxumdan chiqqan dum-dumaloq jo`jalarimizni naq to`rttasini yeb qo`ygan kuchugimizga bermoqchi edim. Buni onamga ayta olmadim.Yomon qilig`im va yomon yomon niyatim uchun dakki yeyishdan cho`chigandirman. Bola aqlim bu ishim yaxshi emasligini, buning uchun butun umr ta'naga qolishimni fahmlamabdi. Yana o`ylabmanki: Moshxo`rdadan  tosh chiqsa, darrov sezishadi, buniyam sezib, yemay qo`ya qolishadi...
Afsuski, ikki og`ayni onam g`ira-shira oshxonadan suzib borgan sho`rvaga non to`g`rab, suxbatga andarmon bo`lib, kosaga qaramay  yeyishibdi.Dastlab tog`avachcham sezibdi. Tishida g`ichirlagan bir nimalarni olib ko`rishga mezbondan andisha qilib yeyavergan ekan, kosa yarimlaganda qoshiqda qon yuqi bor emish... Akamni dadam: chaynamay yutasan, yov quvayotganlar ham senchalik shoshib yemaydi, deb urishardilar. Xullas akam tog`avachcham ogohlantirganida kosani bo`shatgan ekan.
Ikkisini shifoxonaga yotqizishdi. Tog`avachcham tuzalib chiqdi. Ammo yarimjon bo`lib qoldi. Lekin akam… onam va dadamning to`rt qiz ichida yolg`iz o`g`li, go`dakligidan ko`p kasal bo`lib kuydirgan, sog`ligi nozikligi uchun ham o`qishga ketmay yonimizda qolgan akamni shu fojeadan keyin ikki kun o`tib, tuproqqa topshirdik…
O`shanda yaqinlarimning dod solib yig`lagani, onam bilan dadamning mening go`rimga kirgan bolam, kimning qasdiga qolding? deb nola chekkanlari hech xotiramdan o`chmaydi. Buni qarangki, qasd qilgan odam sifatida dadamdan, tog`avachchamdan va bir qancha kishilardan shubhalanishdi. Ular bir qancha vaqt tergovga qatnashdi. Musibat ustiga tashvish dadamning sochini qorga bo`yadi. Asl aybdor – men o`zim iqror bo`lmadim, bu voqealar dahshati tilimni bog`lab qo`ygandi. Odamlarning o`zlari haqiqatni bilishdi. O`shanda onam umrida birinchi marta qarg`adi, meni yomon qarg`adi:
Iloyo juvormag bo`l, akasini qotili bo`ladigan bu qizni tuqqan kunimga lanat! Men esa o`shanda qilmishimdan ko`ra ko`proq onamning qattiq muomalasidan qayg`urdim…
Vaqt ko`p narsalarga davo. Lekin ko`ngil yarasiga, vijdon azobiga  davo bormikan?...Qo`shnilarimiz qarindoshlarimiz o`g`il uylantirganda, to`yga aytib kelganda unsiz yig`laydigan onam, ellikka kirmay xassa tayangan dadam hozir yorug` dunyoda yo`qlar. Ikkala opam akamiz uylansa, yangalik bo`lib uzatilardik armoni bilan uzatilib ketishgan. Men esa qishloqdan o`qish uchun chiqib ketgancha shaxarda qolib ketdim. Ishlayman topish –tutishim yaxshi… ammo qarg`ishga, uvolga qolganim uchunmi, baxtim ochilmayapti. Oilasi but, akasi himoyasida yurgan dugonalarimga havasim keladi. Ko`cha- ko`yda akamga o`xshagan yigitlarni ko`rsam, ko`zimga yosh tizilaveradi. O`zimni, kuchukka shisha siniqlari qo`shilgan ovqat berishni o`rgatgan sinfdoshimni kechira olmayman.
Eh, qani endi umrni ortga qaytarishni iloji bo`lsa, o`sha mudhish kunni, xatoni aslo takrorlamasdim..

Яндекс.Метрика