Qarilik bilan kurashuvchi dori vositalari aniqlandi

Indiana universiteti biologlari depressiya va stress holatlarining nafaqat insonning tashqi ko'rinishiga, balki genlar faolligini o'zgartirib, uning organizmiga chuqur ta'sir ko'rsatayotganini aniqlashdi. Bu ixtiro qarish bilan kurashda yordam berishi mumkin bo'lgan moddalarni aniqlash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari Molecular Psychiatry jurnalida chop etilgan. 

Olimlar Caenorhabditis elegans erkin yashovchi nematodlar DNKsini o'rganib chiqishdi va turli guruhlarda tadqiqot o'tkazishdi, buning natijasida ular stress va yaxshi yoki yomon kayfiyatni hayotning davomiyligiga ta'sir qiluvchi effektini aniqlovchi bir qator genlarni kashf qilishga muvaffaq bo'lishdi. Eng asosiy genlardan biri anikirin 3 oqsilini kodlovchi hamda asab to'qimalarining hosil bo'lishida ishtirok etuvchi ank3 genidir.

Tadqiqotchilar belgilangan genlarning faolligi yosh o'tgan sari o'zgarishini hamda stress va tushkunlikka moyil kishilar genidagi o'zgarishlar erta qarishga, shuningdek yashash davomiyligining qisqarishi bilan bog'liqligini aniqlashdi.

Ilmiy izlanishning birinchi bosqichida olimlar C.elegans chuvalchanglarni antidepressanta mianserin ta'siriga tushirishdi. Tadqiqotchilar bunda nematodlarning yashash davomiyligi oshganini qayd etishdi. Biologlar chuvalchanglar organizmida antidepressantlarga javoban 231ta gen o'z faolligini o'zgartirgani va odamda ham 347ta shunday gen borligini aniqlashdi. 

Biologlar shuningdek ruhiy xasta va o'z joniga qasd qilgan 700 nafar bemorning qon namunalari asosida ank3'ning faolligini o'rganib chiqishdi. Barcha tahlillar gen ekspressiyasining yuqori darajasini ko'rsatdi. Shunisi qiziqki, tez qarish bilan bog'liq nasliy kasallikka ega bemorlar ham ank3 faolligini namoyish etishmoqda. 

Olimlar qarish genini jilovlab, uzoq umr ko'rishga turtki beradigan qator vositalarni taklif qilishdi: dokozageksaen kislota, piratsetam, kvertsetin, vitamin D va resveratrol, shuningdek estrogen aralashmalar, rapamitsin va diabetga qarshi dori vositalari. Biroq ularning samaradorligini to'liq tasdiqlash uchun yana bir qator tadqiqotlar o'tkazish talab qilinadi.


Комментарии (1) | Добавить: 25.05.2016
1. 1411010 (26.05.2016 07:07)
zuru
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

«O'zbekgidroenergo»ga rahbar tayinlandi
Umra ziyoratchilari uchun yangi reyslar e'lon qilindi
“O'zbektelefilm” boshqa binoga ko'chib o'tdi
Qodirov Checheniston maktablarida bitiruv kechalarini o‘tkazishni taqiqlashni yoqlab chiqdi
«O'zbeknavo» o'rnida tashkil etilgan davlat muassasasiga rahbar tayinlandi
Keyingi bekat - ayriliq!
Ter hididan halos bo'lishning 5 chorasi
Barmoqlar orqali kayfiyat va organizmni boshqarish usullari
Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonov vafot etdi
Baland poshnada to‘g‘ri yurish qoidalari: 7 maslahat
Samsung o'ta noyob displeyni namoyish etdi
Otabek Mirzayevdan dan Premyera
Ummon guruhi sudga berilmoqda. Sabab?
O‘zbekiston va AQSh prezidentlarining barcha uchrashuvlari
Yuz terisini tozalashning 6 usuli
Homilador ayollar uchun eng zararli oziq-ovqatlar
Oyoqdagi quruq qadoqlar qanday paydo bo‘ladi va ularni qanday yo‘qotish mumkin?
Messi «Real» haqli chempion bo'lganini tan olgan
Rossiyada migrantlar uchun jarimalar oshirilishi mumkin
AQSh Ukrainaga bepul harbiy yordamni bekor qilishi tasdiqlandi
O'zbekistonda Uzcard raqobatchisi paydo bo'ladi
Fast-fuddan voz kechish qoidalari
Uyqu to‘g‘risidagi eng qiziqarli haqiqatlar
Azamat Ahrorovning 200 mingdan ziyod obunachisi bo‘lgan Instagram-akkaunti “o‘g‘irlandi”. “Qaroqchilar” aktyordan 350 dollar talab qilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodda Donald Tramp bilan uchrashdi
Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev O'zbekistonga keldi
Go'sht nega qimmatlashdi?
O'qituvchi bir kunda 6 soatdan ziyod ishlashi mumkin emas
Sergeli avtomobil bozoridagi narxlar e`lon qilindi (21.05.2017)
Nima uchun yaxshi uyqu erkaklar salomatligi asosi hisoblanadi?