У нас есть только
оригинальные песни

Qarshi–Buxoro trassasidagi ko‘prikning bir qismi quladi

calendar 17.07.2016
3072

A380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynov” avtoyo‘lining 185-kilometridagi ko‘prikning bir qismi quladi. Ko‘prik Amu-Buxoro kanali ustidan o‘tgan bo‘lib, Qorovulbozor–Buxoro yo‘nalishida joylashgan edi. Bu haqda, “O‘zavtoyo‘l” davlat aksiyadorlik kompaniyasiga asoslanib, Uz24 xabar bermoqda.

Voqea joyidan olingan fotosuratlar 16-iyul kechasi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘prikning besh tiragichi oraliqlaridan biri tushib ketgan, buning oqibatida 1961-yilda qurilgan inshootning to‘sinlari qulagan.Yengil avtomashinalar ko‘prik ustidan harakatlanishda davom etadi, yuk mashinalari esa uni aylanib o‘tib, 25 kilometr ortiqcha yo‘l bosadi. Ta’mirlash ishlari tez orada yakunlanishi aytilmoqda.

Xalqaro ahamiyatga molik A380 avtoyo‘li Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog‘istondan o‘tib, Qozog‘istonda yakunlanadi.

Яндекс.Метрика