У нас есть только
оригинальные песни

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti xodimlari vaqtni tejovchi interaktiv minbar yaratdi (foto)

calendar 07.06.2018
1357


Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Axborot texnologiyalari markazi” mutaxassislari tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalari bilan uyg‘unlashgan va takomillashtirilgan interaktiv minbar (smart podium) yaratildi va hozirgi kunda o‘quv jarayoniga tadbiq etildi. Bu haqida loyiha mualliflari “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ushbu minbar quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • Professor-o‘qituvchilar vaqtini tejash
  • Darslarni sifatli tashkil etish
  • Aqlli doska rejimidan foydalanish
  • Auditoriya davomatini qisqa vaqt ichida nazorat etish
  • Auditoriya texnik va muhandislik jihozlarini boshqarish (deraza pardalarini xona yorug‘ligiga moslash, proyektor va ekranlarni ishga tushirish, elektr chiroqlarini yoqish va o‘chirish )

O‘qituvchi o‘quv-uslubiy majmualarini va virtual animatsion ko‘rgazmalarni komleks sifatli namoyish qiladi va o‘quv mashg‘ulotini to‘liq interaktiv tashkil etadi.

Ma’ruza auditoriyalarida barcha tinglovchilarga yetarli ovozda multimediali tizimda mashg‘ulotni tashkil etadi va h.k.z.

 

Яндекс.Метрика