У нас есть только
оригинальные песни

Qarshida pornografik mazmundagi filmlar disklarini sotganlar qo‘lga olindi

calendar 22.11.2015
2476

Qashqadaryo viloyati ma’muriy markazi — Qarshi shahrida turli filmlar yozilgan disklarni ko‘paytirib, sotish faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullangan ikki yigit va bir qizdan iborat guruhga chora ko‘rildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

 

Gazeta xabariga ko‘ra, ular sotgan videomahsulotlar orasida zo‘ravonlik, shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi va pornografik mazmundagi filmlar yozilgan disklar ham bo‘lgan.

Guruhning “ishlab chiqarish joyi” o‘rganilib, disklarni sotishdan tushgan 2 million so‘m pul hamda “ishlab chiqarish vositalari” sifatida xizmat qilgan tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirildi.

Sud guruh rahbarlik qilgan shaxsning ukasini Jinoyat protsessual kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha, guruhga a’zo qizni esa Jinoyat kodeksining 71-moddasi bo‘yicha jazodan ozod etdi.

Guruh rahbari esa aybdor deb topilib, ish haqining 20 foizi davlat daromadi hisobiga ushlab qolingani holda bir yil olti oyga axloq tuzatish ishi jazosi bilan jazolandi.

Яндекс.Метрика