У нас есть только
оригинальные песни

Qashqadaryodagi AYoQShda farrosh bo'lib ishlovchi qiz fuqaroning qorniga pichoq urdi

calendar 31.01.2018
1472

Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
  
Qayd etilishicha, 10 yanvar kuni soat 19:00larda G'uzor tumani “Chanoq” mahalla fuqarolar yig'ini Navbahor ko'chasi 134-uyda yashovchi, tuman hududida joylashgan “Avaz bobo” AYoQSh farroshi, 1998 yilda tug'ilgan D.B. shu AYoQSh oldida o'zaro janjal oqibatida 1998 yilda tug'ilgan I.T.ning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada I.T. kasalxonaga yotqizilgan. D.B. ushlangan.

Яндекс.Метрика