У нас есть только
оригинальные песни

Qashqadaryolik ota-ona o‘z qiziga Ishani, deb ism qo‘ydi

calendar 01.09.2015
3195

Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida 2015-yil 10-avgust kuni tug‘ilgan qizaloqqa Ishani, deb ism qo‘yildi.
Qayd etish joiz, Ishani ayni paytda O‘zMTRKning "Yoshlar” telekanali orqali efirga uzatilayotgan, Hindistonda suratga olingan "Senga oshiqman” seriali bosh qahramonlaridan birining ismidir.
Eslatib o‘tamiz, bungacha o‘zbek oilalarida tug‘ilgan bolalarga Bryus Li, Chingachkuk, Messi, Maradona, Neymar, Devid Bekxem, Ronaldo, Jumong va boshqa mashhur kino hamda serial qahramonlari, futbolchilarning ism-shariflari qo‘yilgani haqida xabarlar berilgandi.
Яндекс.Метрика