У нас есть только
оригинальные песни

Qashqadaryolik talaba 14 xorijiy oliygohga o'qishga kirdi, yana ikkitasidan javob kutmoqda

calendar 02.09.2018
1208

Bugungi kunda O'zbekiston yoshlariga o'qib-ulg'ayishlari o'zlarining ustlarida ishlab komil inson bo'lishlari uchun juda keng shart-sharoitlar yaratib berilganligiga hech kim shubha qilmaydi. Yurtimizda bunday keng imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlarning ko'payayotganligi ayniqsa quvonarli hol, albatta. Xuddi shunday izlanuvchan yoshlarimizdan biri Qashqadaryo viloyati Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti qoshidagi “Nuriston” akademik litseyi o'quvchisi Ko'chimov Shohruhmirzodir.

U joriy yilda horijdagi

1. Italiya: Venetsiya Ca Foscari universiteti

2. Saudiya Arabistoni: Dubay Synergy universiteti

3. AQSh: Trident universiteti

4. AQSh: Lowa  universiteti

5. Malayziya: KdU Penang universiteti

6. Kanada: Thompson River universiteti

7. Avstraliya: Sydney universiteti

8. Avstraliya: Charles Sturt universiteti

9. Xitoy: Hainan universiteti

10. Ukraina: Sharqiy Yevropa Iqtisod va Menejmenti universiteti

11. Janubiy Korea: George Mason universiteti

12. Gollandiya: Windesheim Honours universiteti

13. O'zbekiston: Xalqaro Vestminster universiteti

14. O'zbekiston: Singapur Menejmentlikni rivojlantirish universitetlariga o'qishga qabul qilindi. 

Bundan tashqari, Daugavpils universiteti (Latviya) va Bristol universitet (Buyuk Biritaniya)lari bo'yicha javoblar natijasi chiqishi kutilmoqda. Mana shunday yoshlarimizning nafaqat O'zbekiston , balki xorijiy davlatlarga o'qishga kirib, o'zining bilimsizligi oqibatida o'qishga kira olmay o'zgalarni aybdor qilayotgan, turli befoyda va zararli ishlar bilan shug'ullanib yurgan yoshlarga mana shu yigit ham sizlar bilan O'zbekiston yurtida yashayotgan sizlar nafas olgan havodan nafas olgan oddiy inson degimiz keladi.

Яндекс.Метрика