Qashshoqlikning 7 asosiy sababi

Oxiri ko'rinmas kreditlar, rejadan tashqari xarajatlar, yo'qotishlar, sovg'alar... Bunday yashash joningizga tegmadimi? Trendymen hamyonni bo'shatuvchi yetti asosiy sababni keltirdi. Ulardan hech bo'lmaganda ikkitasini to'g'rilashga harakat qiling - ehtimol mutlaqo yangi hayotiy darajaga erisharsiz.

Shaxsiy byudjyet

Bir o'ylab ko'ring - pullaringizni nimalarga sarflayapsiz? Bu ham kam. Tinch muhitda o'tirib, so'nggi haftadagi barcha xarajatlaringizni birma-bir yozib chiqing. Endi fikrlang: xaridlar zarurat yuzasidan amalga oshirilganmi yoki yo'q? Ba`zi mahsulotlarda iqtisod qilishning iloji bormidi? Aniq byudjyet rejasining yo'qligi - iqtisodiy farovonlik kemangizdagi asosiy "nosozlik"dir. Hech bo'lmaganda, bir oylik shaxsiy byudjyetni shakllantirishni o'rganmas ekansiz, moliyaviy jihatdan hech qanday yangilik kutmasangiz ham bo'ladi. 

Iqtisodiy savodsizlik

Yer aholisining aksariyati - iqtisodiy jihatdan savodsiz. Universitetni tugallagan odamlar asosiy iqtisodiy shart-sharoitlarni tushunmaslikni oddiy hol deb bilishadi. Buni faqat bir yo'l bilan to'g'rilash mumkin: atrofda nimalar ro'y berayotganiga qiziqish bildiring, qanday qilib neft narxi - valyuta kursiga, bu esa sizning hayotingizga ta`sir qilishini tushunishga harakat qiling. Qarabsizki, pullar qayerdan kelishi haqida tasavvur hosil qilasiz.

Moliyaviy befarqlik

Ko'pchilik mo'may daromad topish istiqbollari yomonlashib borayotganini ko'rib, hafsalasi pir bo'la boshlaydi. Pul yig'ishni rejalashtirish va mablag'larni qanday taqsimlash maqsadga muvofiq bo'lishini tushunib yetish o'rniga maoshni kutib, pul to'plash uchun harakat qilishni ham xohlashmaydi. Moliyaviy befarqlik depressiyaning qandaydir iqtisodiy variatsiyasiga aylanishi mumkin. Unisini ham, bunisini ham muhim maqsadlar sari yo'naltirib, maksimal sa`y-harakatlar bilan yengib o'tish mumkin.

Pul asosiysi emas

Pul asosiysi emas, ular sizni baxtli qilmaydi. Bu so'zlarga qo'shilasizmi? Afsuski, ko'pchilik bu fikrga qo'shiladi. Albatta, asosiysi pul emas. O'z oilangizga qulay sharoitlar yaratish uchun pulingiz yo'q bo'lsa ham yaxshi... Asosiysi - siz birgasiz. Shunday emasmi? Yodingizda bo'lsin, pullar farovon hayotning asosi bo'lishi mumkinligini anglab yetmaguningizga qadar - boyishning uddasidan chiqa olmaysiz.

Kimdir bundan-da og'ir ahvolda

Qashshoq reallikdan qochishning yana bir keng tarqalgan usuli. Tanishingizdan ko'proq pul topishingizni anglab yetishingiz sizni boyroq qilib qo'ymaydi. Shunchaki, yupatadi va bir joyda qotib qolishingizga sabab bo'ladi. Bu taxminan "Hechqisi yo'q, Afrikada bolalar umuman och-nahor!" deb o'ylashdek gap.

Shunchaki dangasalik

Soat to'qqizdan oltigacha ishlash qiyinmi? Aslida inson bundan-da ko'p ishlay oladi. O'zingiz o'ylab ko'ring, tushlikka qancha vaqt sarflaysiz? Necha soat aniq ishdagi faoliyatingizga yo'naltiriladi? Oradagi internetni sahifalashni-ku gapirmasa ham bo'ladi. O'zingizni ayashni bas qiling. Yaxshi pul topmoqchimisiz - ko'proq ishlang.

Boshqalarni ayblash

Bizning nochor yashashimizda boshqa odamlar aybdor emasligini aniq tushunib yetish - intellekt darajasiga ishora qiladi. Boshqalarga umid qilavermay, pul haqida o'zingiz qayg'uring.


Комментарии (0) | Добавить: 26.09.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Bred Pitt Anjelina Jolining yoshligini eslatuvchi qiz bilan uchrashishni boshladi
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga shaxsan tegishli bo'lgan buyumlarni xarid qiladi
Twitter xavfsizlik tizimini kuchaytiradi
Yangi vazirlikka ayol kishi rahbar etib tayinlandi
Apple rasmiy servislarda ta`mirlanmagan smartfonlarni bloklamoqchi
Qozog‘iston kartoshkasi qimmatlab, O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda. O‘zbekistondagi talab Qozog‘iston kartoshka bozoriga qanday ta’sir
Putin dunyodagi geosiyosiy vaziyatga izoh berdi
Toshkentda yangi haydovchilik guvohnomalarining berilishi 20-oktabrdan boshlanadi
Toshkent, Sirdaryo, Jizzaxda terimchilar bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mdan, qolgan hududlarda 700 so‘mdan haq olishni boshladi
Kreml: Putin o'z nomzodini qo'yishi haqida hozircha indamadi
Ishda unumli tanaffuslar tashkil qilishning 5 usuli
Go'sht va baliq narxlari oshmasligi uchun qaror qabul qilindi
O'zbekiston razvedkasi Britaniyadagi musobaqada g'olib bo'ldi
Ko‘proq narsaga ulgurish va kamroq charchashning 5 yo‘li
UZ ma’muriyati Osiyo-Tinch okeani yuqori daraja domenlari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lib kirdi
Buxoroda “balo-qazolardan xalos etish” evaziga 5 ming dollar olgan folbin qo‘lga olindi
MRB Lulu laqabli itni portlovchi moddalarni qidirishni istamagani uchun ishdan bo‘shatib yubordi
Koreyalik mutaxassislar Toshkent aeroportini yaxshilashga yordam beradi
Dunyoda har kuni 5 yoshgacha bo'lgan 15 ming bola hayotdan ko'z yumadi
20 oktabr kuni O'zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Sochi yaqinida o'zbekistonlik xavfli jinoyatchi ushlandi
Odil Ahmedov Osiyo chempionlari ligasi finalida o'ynamaydi
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq-ovqat
Shohruhxon va Asal Shodiyevadan yangi fotosessiya
Apple’ning yangi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Moskva sudi Telegram’ni FXX talabini bajarmagani uchun 14 ming dollar jarimaga tortdi
Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari​ning qabrini ziyorat qildi
Qirg'izistonning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, uning oilasi va qarindoshlari haqida nimalar ma`lum?
Qanday qilib uyqudan yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onish mumkin?