У нас есть только
оригинальные песни

QAYG'ULARINGIZGA YENGILMANG...(psixalogiya)...

calendar 19.08.2011
8457

Bilasizmi insonlar yomon bo'lib tug'ilmaydi va insonlarni yomoni bo'lmaydi. Xo'sh unda unda inson psixalogiyasi buzilishiga yani inson yomon odamga aylanishiga nima sabab bo'ladi? Psixalogik kuzatuvlarim natijasida shuni bildimki inson psixalogiyasi buzulishiga quyidagi vaziyatlarni ta'siri bo'larkan.

1. Hayotda duch kelgan qiyinchiliklar.
2. Unga nisbatan qilingan noxaqliklar.
3. Uni hech kim tushunmasligi.
4. Hasad, hasad bu eng yomon narsa hasad insondi tubanlashtiradi.
5. Oilaviy kelishmovchilikkar va boshqa turli xil sabablar...

Lekin har qanday insondi yaxshi tarafga o'zgartirish mumkun. Qanday qilib deysizmi? Eng birinchi siz u insonni o'zidanda yaxshiroq tushunishiz kerak. Va unga yaxshilik qiling va undagi yaxshi fazilatlarini ayting eng muximi gaplariz yordamiz samimiy bo'lsin va u albatta ijobiy tarafga o'zgaradi bu esa oddiy psixalogiya. Hasadgo'y insonlarga esa bir gap uqtiring sen omadsiz, baxtsiz, yoki u kabi mufaqqiyatlarga erisha olmaganing uchun u aybdor emas degan fikrni unga uqtiring. Va hasad bilan emas havas bilan qarasang undanda yuqori marraga erishasan degan fikrni doim yodiga soling. Albatta hasad tan olamizmi yo'qmi har bir insonda bor ana shu hasadimizni havasga aylantira olsak hayotda bundanda ko'proq mufaqiyatga erishamiz...
Bilasizmi oramizda yana shunday insonlar borki biroz omadsizlikka uchrasa yoki o'ylagan rejalari amalga oshmasa, va boshqa turli sabablarga ko'ra tezda sinib qoladi va yengiladi. Osongina orzularidan kechib qo'yadi. Albatta hammamizda bazida tushkunlikka(dipresiyaga) tushib qolamiz. Xo'sh bunday xolatni qanday yengish mumkun? Eng avvalo hamma narsani boricha qabul qiling. Demak shunday bo'lishi kerak ekan. Va o'ylab ko'ring axir bundan battari bo'lishi xam mumkun ediku. Hech qachon qayg'ularingizga yengilmang. Qayg'ulardan quvonch yasab olishni o'rganing. Chunki qayg'urib o'zingizni siqqaniz bilan hech nima o'zgarmaydi. Qayta asabiz ketgani qoladi. Asabni esa extiyot qilish kerak chunki asab tolalari uzilsa qaytib tiklanmaydi. Yiqildingizmi o'rningizdan tezda turing osmonga bir tuflengda yo'lizni davom eting. Bu safar o'ylagan rejalaringiz amalga oshmadimi yana boshqatdan harakat qiling toki orzularingiz amalga oshmaguncha harakat qiling o'zizga ishoning siz buni uddalaysiz. Hech qachon harakatdan charchamang. Bilasizmi bir aqlli gap bor oson uchgan tez qo'nadi. Extimol bu sizga berilgan sinovdur. Sinovni ollox suygan bandasiga beradi. Qiyinchilik bilan erishgan narsangiz esa qadrliroq bo'ladi. Hayotdan doim yaxshilik kuting va yomonliklarga esa doim tayyor turing. Hayotda xamma narsa bo'ladi. Va hayotda hech bir narsa besabab bo'lmaydi. Yomonliklardan ham yaxshilikni kashf qilsangiz yashash oson bo'ladi. Hayotga o'limdan boshqa hamma narsani iloji bor. Siz bu dunyoga baxtli bo'lish uchun yaralgansiz va inson bo'lib yaralganiz uchun xam sizbaxtlisiz. Va doim orzu qiling chunki orzu bu inson qalbini kamalagi hayotini quvonchga to'ldiradi. Va shu orzu sari intiling har nima bo'lganda ham voz kechmang qayg'ularga yengilman, chunki siz voz kechish uchun yoki armon bo'lishi uchun orzu qilmagansizku.
Agar shu gaplardan keyin xam o'zingizga ishonmasangiz yoki halixam tushkun kayfiyatda bo'lsangiz. Atrofga qareng dunyoni kuzating sizdanda omadsiz, nochor insonlar bor qanchadan qancha insonlar vafot etyabdi. Kimda tashvish yo'q ekan. Hammada bor o'ziga yarasha muammo tashvishlar bor. Siz tiriksiz yashayabsiz. Shunchaki yashamang yaxshi yashang yengilmay yashang. Va hammasiga chidang sabr qiling kuchli bo'ling boringizga shukr qilin. Insonni hayot tashvishlari ulg'aytiradi tarbiyalaydi. Bilasizmi aqlli insonlar qilgan xatolaridan saboq chiqarib qayta xato qilmaydilar. Ahmoq odamlar esa qilgan xatolaridan pushayman bo'ladiyu lekin qayta qayta xato qilaveradi. Aql esa har bir insonda bor. Lekin xato qilish xam insonlarga xos. Vaqtida xatolarizi tuzating xulosa qiling va eng muximi xayot tashvishlariga nima bo'lganda xam chiroyli sabr qiling. Sabr qilish bu insondi burchi.

Yurak urib turibdimi demak hayot davom etadi. Atrofga mexr ko'zi ili qareng hayotimiz naqadar go'zal. Lekin hayot qanchalar go'zal bo'lmasin baribir foniyda buni unutmang. Qani o'rningizdan turing orzular sari olg'a. Axir vaqt o'tkinchi umr va yoshlik g'animat shunday ekan orzularingizni amalga oshirishga, yaxshilik qilishga, yaxshi inson bo'lib yaxshi yashashga ulgurib qoling. Men bilaman siz eng yaxshi insonsiz. Bunga o'ziz ham qattiq ishoning.

Qachongacha baxt haqida jar solish mumkun. Axir baxtli bo'lish vaqti keldi. Baxt va omadni esa xar birimiz o'z qo'limiz bilan yaratamiz.
Hurmatli saytdosh biz siz bilan kichik bir psixologik tatqiqot olib bordik. Xo'sh bu maqolamni o'qigach nimalarni xis qildingiz . Sizchi inson psixalogiyasi xaqida nimalarni bilasiz? Fikr muloxazaloringizni izoxlarda kutib qolaman. Barchangizga sabr, omad, va baxt tilayman. Siz kimgadur yoki kimlargadur keraksiz buni unutmang. Qani maqsad va orzular sari olg'aaaa...

Hurmat bilan: miranda_89 (Barno).
Яндекс.Метрика