У нас есть только
оригинальные песни

QAYNONA VA KELIN JANGI...(hazil maqola)

calendar 07.08.2011
9211
Yillar davomida topgan tutganini to'plab o'zbek oyim to'y qildi. Yaxshi niyatda kelin emas qiz kelsin deb niyat qildi. Mana to'y ham o'tib gulday kelin o'zbek oyimga kelin bo'ldi. Afsuski yangi kelin o'zbek oyim o'ylagandek epchil chiqmadi...

Chet elda to'ydan keyin asal oyi boshlanar. Bizdachi? Voy toptilar ertalab tur ko'cha supir saxarlab, mexnat oyi boshlanar...


O'zbek oyim uyg'onsa kelin xali turmagan. Ko'chalarga suv sepib, eshiklarni supirmagan.

O'zbek oyim jaxlda boshlar achchiq so'zini.
Ey hudo men shunday kelin orzu qilganmidim. Na ovqat qilishni biladi, na bir mexnat qiladi.U ham yetmagandek soat 10 da turadi. Hozir zamon kelinlarga hayronmanda qaynonani xizmatini qilmaydi. Orzusi faqat bitta, alloxida turushni xoxlaydi...

Shu chog' erka kelin uyg'onib gap boshlar o'zin oqlab. Tirnoqdan kir qidirmang doim erta turganman. Nima qilibdi bir kun uxlab qolibman oyijon...


O'zbek oyim davom etar tutib qaynaligi. Dard desam balo disan ish qilishni bilmisan. Erin kelsa yasanib tirjayishdan boshqaga yaramisin...

KELIN- Bilsez xozirgi zamon psixologlari oila mustaxkam bo'lishi uchun erilarni ishdan kelishini bayramdey kutvolilar degan. Nima qibti oilamni asrash uchun yasanib tirjaysam.


QAYNONA- Ey o'sha psixlaringchi bekorlarni aytibdi. Undan ko'ra ko'cha supur qara ham yer to'zib yotibdi...

KELIN- Yursam o'poq, tursam so'poq deysiz. Og'lizi mendan qizg'onasiz. Siz zaxarli anoko'ndasiz...

QAYNONA- Senchi kobra suv ilonsan. Og'limni isitma sovutma qilib, mendan uzoqlashtiryabsan...

Shu chog' boshlana haqiqiy qaynona kelin jangi. Idishlarni sindirib janga kirib ketishdi. Qaynonada o'xloq kelinda kapgul bir biriga uchirishdi...

Og'li ishdan kelgandan kegin qaynona qo'ydi shart. Meni tanla yoki hoxitiningni tanla.
Kelin bo'lsa deydi aytingchi siz o'zi kim tarafda. Kiyov bola g'amda kimni tanlashni bilmay jim o'tirar sukunatda.

So'ng arazchi kelin arazlab ketib qoldi onasinikiga.
Kiyov bechora yonadi ikki eshik orasida.
Qaynona og'lin so'kar yalinma qiz ko'p deb ko'chada.
Kelin esa qaytmaymay deb turib olgan qaysarda...

O'zi ketar Qumrixon.
O'zi kelar Laylixon.
Uch kun o'tib qaytib keldi bizni arazchi kelinjon.
Qaynonani qoshi chimirilgan der qaytib kelibdi yana suv ilon.

Yaxshi yashay desangiz maslahatimga quloq soling.
Qaynonangizni o'z onangizday ko'ring.
Hech qachon qaynonangizni yomon ko'rmang.
O'z turmushizni o'ziz qiyinlashtirmang.

Bir qaynani uddasidan chiqmagan kelin kelin emas.
Hamma qaynanalar ham siz aytganday yomonmas.
Ho'p oyijon deb qo'ying.
Bu bilan osmon erga yiqilib uzilib tushmas.

Kelinlik davri huddi askarlik davriga o'xshaydi.
Shunday kelinlar bor qaynasin mensimaydi.
Kelinlik vazifasin o'zi bilib bajarmaydi...

Deysiz erim yaxshi, qaynonam yomon.
Sizga yaxshini tug'ib bergan bo'ladi o'sha yomon.
Sizni ham ertagela qaynona bo'lish bor kelinjon.
Qaynona bilan murosa qiling shunda yashashiz bo'ladi oson.

Har bir aytgan gapiga simirna labbay deb turing.
Qaynona xam bir ona duosin olib qoling.
Oila mustaxkamligi sizni qo'lizda.
Shirin so'ziz ila oilangizni asrab qoling...


Qaynonajon siz ham hato qilsa kechiring.

Hali yoshda keliniz bilganin o'rgating.
U ham birovni qizi uni ham tushuning.
O'z qizizdey ko'rib jaxlizdan tushung.


Oiladagi gapni ko'chaga chiqarmang.

Jon qaynona kelinlar bir birizni qo'shnilarga yomonlamang.
Yomonizni yashirib yaxshingiz oshiring.
Oilani eng muqaddas dargox deb biling...

Hech bir oilada o'xloq kabgul uchmasin.

Qaynona keling doim inoq bo'lsin.
Oilalar doim tinch intipolik bo'lsin.
Qaynonayu kelinlar doim sog' omon yursin.

Bu yozgan sheriy maqolom shunchaki hazil edi.
Lek bu hazil taqida katta mano bor edi.
Shu yerda Barnoni she'ri ham nixoyasiga yetdi.
Extimol bu yozganim kimgadur ibrat bo'ldi...

Biling ushbu maqolaviy she'rni shunchaki yozmadim.
Kelinlar Qaynonasin hurmat qilsalar derdim.
Qaynonalar esa kelinlarin tushunishin hohlardim.
Bu dunyoda hech bir oila buzilmashin tilardim.
Qisqasi mana tugatdim, va nuqta qo'ydim....

miranda_89(Barno).
Яндекс.Метрика