У нас есть только
оригинальные песни

Qaynoq qahva va choy saraton kelib chiqishiga sabab bo'ladi

calendar 16.06.2016
1312

Butunjahon sog'liqni saqlash vazirligi qoshidagi Saratonni o'rganish bo'yicha xalqaro agentlik haddan ziyod issiq ichimliklar (choy, qahva va h.k.) iste'moli sog'liq uchun xavfli ekanini aniqladi. Bu haqida The Independent nashri xabar beradi.

«Natijalar shuni ko'rsatadiki, haddan ziyod issiq ichimliklarni ichish qizilo'ngach saratoniga olib kelishi mumkin. Ichimliklar emas, aynan ularning harorati saratonning rivojlanishiga sababchi bo'ladi», — deydi Saratonni o'rganish bo'yicha xalqaro agentlik  direktori Kristofer Uayld.

Olimlar Selsiy bo'yicha 65 darajani eng xavfli harorat deb topishdi. Mana shu haroratdan past bo'lgan ichimliklarni iste'mol qilish inson uchun xavfsiz bo'lib, undan yuqori darajada esa qizilo'ngach saratoni kelib chiqish  ehtimoli kuchli bo'ladi. 
 
«Choy yoki qahva an'anaviy tarzda qaynoq (70 daraja atrofida) holda ichiluvchi Xitoy, Turkiya, Eron kabi mamlakatlarda, shuningdek, Janubiy Amerika davlatlarida o'tkazilgan tadqiqot qizilo'ngach saratoni xavfi harorat bilan o'sib borishini ko'rsatdi», — deb qayd etadi BSSV.

Olimlar xulosasi qahva hamda Janubiy Amerikada ommalashgan mate ichimligi tarkibida rakni qo'zg'atuvchi xususiyatlar borligi haqidagi mingdan  ortiq metatahlillarga asoslangan. Olimlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqot alkogol va tamaki iste'moli bilan bog'liq  xavfli omillarni ham hisobga oldi.

Qahva hamda mate ichimligi 1991 yilda Butunjahon sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan «insonda rakni keltirib chiqaruvchi» ichimlik sifatida qayd etilgan edi. Endi bu guruhga Selsiy bo'yicha 65 darajadan ortiq haroratdagi issiq ichimliklar ham kiritildi.

Яндекс.Метрика