У нас есть только
оригинальные песни

Qaysi avtomobillarda bolg'acha bo'lishi shart emas?

calendar 27.09.2016
1735

2016 yil 23 sentyabrda qabul qilingan № O'RQ–411 qonunga ko'ra, qonunda belgilangan tartibda Yetarli darajada jihozlanmagan avtomobil' egalariga jarima solinishi haqida habar qilingan edi. Hususan, transport vositasida favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun bolg'acha, o't o'chirgich, tibbiyot qutichasi, avariyali holatlarda to'htash belgisi va yorug'likni qaytaruvchi nimchalardan biri bo'lmasligi eng kam oylik ish haqining yarim baravari miqdorida jarima solinishiga asos bo'ladi. 

Biroq, bolg'acha M2 va M3 toifasidagi transport vositalari uchun zarur, deb habar qilmoqdaUznews.uz sayti.
 
Shunga ko'ra, Yengil avtomobillarda: tibbiyot qutichasi, o't o'chirgich, avariya holatida to'htash belgisi, yorug'likni qaytaruvchi nimchasi bo'lishi lozim. 

M2 toifasiga, haydovchi o'rindig'idan tashqari 8dan ortiq yo'lovchi o'rindig'iga ega hamda eng og'ir vazni 5 tonnagacha bo'lgan yoki ularning negizida ishlab chiqilgan va haydovchi o'rindig'idan tashqari 3-8 o'rindiqqa ega avtotransport vositalari kiradi. 

M3 toifasiga haydovchi o'rindig'idan tashqari 8tadan ortiq o'rindiqqa ega va eng og'ir vazni 5 tonnadan ortiq bo'lgan transport vositalari kiradi. (Yo'l harakatlari qoidalariga 3-sonli ilovaning 7.10 bandi).

Яндекс.Метрика