У нас есть только
оригинальные песни

Qaysi bir smartfon yahshiroq suratga oladi: iPhone 7 Plus yoki Samsung Galaxy S7’mi

calendar 02.10.2016
2622

Tadqiqotchilar iPhone 7 Plus va Samsung Galaxy S7 flagman smartfonlaridan qaysi biri  uchta ommaviy syujYetni olishni yahshiroq uddalay olishini tekshirib ko'rdilar.

Aniqlanishicha, Apple flagmani kunduzi yahshiroq suratga oladi, biroq tungi vaqt ranglarda qattiq adashadi va portretlarni olishda ham raqibidan anchagina ortda qolar ekan.

iPhone 7 Plus yorug'likda va havo ochiq bo'lganda Samsung Galaxy S7’dan yahshiroq suratga oladi.


Biroq iPhone 7 Plus tungi vaqt murakkab yorug'lanishga ega ob`Yektlarni suratga olishda rangni uzatishda hato qiladi, biroq kadrning eng yorqin va eng qorong'i joylarini yahshiroq ishlaydi. Keskinlik va shovqinlar bo'yicha ikkala smartfonda ham  natijalar deyarli bir hil. 

Samsung Galaxy S7 honada kunduzgi portretni suratga olishda barcha ko'rsatkichlar bo'yicha so'zsiz ustunlikka ega.

Kunduzi hamma smartfonlar birdek suratga oladi, deb hisoblanadi, biroq bunday emas. Misol uchun, Apple smartfoni buni Samsung’dan yahshiroq uddalay oldi. Bunda na keskinlikni dasturiy oshirish, na tasvir stabilizatori va na tezkor va aniq fokuslash tehnologiyasi Dual Pixel "koreys" qurilmasiga yordam bera olmadi.

iPhone 7 Plus bilan kunduzi keskinroq suratga olish va suratda ko'proq detallarni farqlash mumkin. Biroq tungi suratga olishda smartfon umumiy tonallikni och-pushti tomonga olib ketgan, bu esa hatodir. Galaxy S7 binoning yorug'lanishini to'g'ri uzatgan: to'yingan sariq va binafsharang.

Keskinlik va shovqinlar bo'yicha ikkala smartfonda ham natijalar birdek. Biroq ayfon kadrning eng yorqin va eng qorong'i joylari bilan yahshiroq ishlaydi: ularda ko'proq detallarni ko'rish mumkin. Aynan shu jihat "keng dinamik diapazon" deb ataladi.
Ayfon tungi suratda rangni uzatishda ancha adashgan.

Portretni suratga olishda hammasi ayon: bunda natija ayfon foydasiga emas. Galaxy S7 oynadan tushuvchi yorug'likni to'g'ri uzatgan, bu smartfonda suratga olishda teri teksturasini farqlash mumkin va umuman kadr keskinroq va detallashganroq chiqadi. Portret suratga olishda Galaxy S7 barcha ko'rsatkichlar bo'yicha iPhone 7 Plus’dan o'tib ketdi.

Agar smartfonda kamera siz uchun asosiysi bo'lsa, unda sizga maslahat shuki, ayfondan ko'ra "koreys"ni tanlagan ma`qulroq. Ikkala smartfon ham yahshi suratga oladi, biroq sifat bo'yicha iPhone 7 Plus Galaxy S7 darajasiga torta olmaydi. Kunduzgi kichik ustunlik ikkala qolgan syujYetlar bo'yicha aniqlangan kamchiliklarni qoplay olmaydi.

Murakkab yorug'lanishda ayfon oqning balansini o'rnatishda adashishi mumkin, bundan tashqari bu kamchilik honadagi kunduzgi portretni oyna oldida suratga olishda ham kuzatiladi. Tungi va kunduzgi peyzajlarda sifat va shovqin bo'yicha Samsung bilan farq umuman fojiali emas. Biroq odamlarni yaqindan suratga olishda ayfonning keng burchakli ob`Yektividagi kamchiliklar yaqqol ko'rinadi: detallashtirish Galaxy S7’ga nisbatan anchagina past.

 

Яндекс.Метрика