У нас есть только
оригинальные песни

Qaysi mamlakatlarda haligacha armiyaga chaqiruv e`lon qilinadi?

calendar 24.10.2017
1144

Zamonaviy dunyoning katta qismi shartnoma bo'yicha armiyaga o'tib bo'ldi. Va bu juda mantiqiy: armiya haqiqiy mutaxassislarni tayyorlash bilan shug'ullanishi kerak, ularga esa o'z ishlari chindan ham yoqishi lozim. Xizmatga har kimni majburiy ravishda jalb etishdan ma`no nima? Shartnoma bo'yicha armiya -  rivojlangan mamlakatning o'ziga xos ko'rsatkichi. Agarda biz chaqiriq hamon mavjud bo'lgan davlatlar ro'yxatiga nazar tashlasak, ularning aksariyati «Uchinchi dunyo» deb ataluvchi mamlakatlarga tegishli ekanini bilib olamiz.

Avstraliya

Chaqiriq: ixtiyoriy asosda
G'alati, dunyoning eng tinch qit`alaridan birida faqatgina 1972 yil dekabr oyida chaqiruv bekor qilingan. Avstraliyada hozir harbiy xizmat juda obro'li va yaxshi haq to'lanadi.

Avstriya

Chaqiriq: 6 oy
Mamlakatning har bir fuqarosi armiyada olti oyni o'tkazishga majbur. Biroq, agar xohlasangiz, muqobil variantni ham tanlashingiz mumkin - bu holda, vatan manfaati uchun to'qqiz oy davomida ishlash kerak bo'ladi.

Angola

Chaqiriq: 2 yil
Bu yerda urush qilishni unchalik bilishmaydi, lekin buni yaxshi ko'rishadi. Aniqrog'i, armiyani sevishga majburlashadi: siz istamasangiz ham mamlakatga ikki yil vaqtingizni berishingiz kerak. Bundan tashqari, yarim yillik majburiy tayyorgarlik kurslari ham mavjud bo'lib, u xizmatning umumiy muddatiga kiritilmaydi.

Bermud orollari

Chaqiriq: 38 oy
Ehtimol, Bermud orollarida armiyani shakllantirishning eng g'alati usullaridan biri foydalaniladi. Bu yerda milliy lotereya deb ataladigan narsa bo'yicha chaqiriq amalga oshiriladi, uning qarorini esa sudda shubha ostiga olish ham mumkin. Xizmat uch yil davom etadi, biroq dam olish kunlari va bayramlarda askarlar uyga ketishlari mumkin.

Shimoliy Koreya

Chaqiriq: 10 yil
Shimoliy Koreya aholisining aksariyat qismi uchun armiya oddiy sotsializatsiya o'rnini bosadi. Xizmatni kamida 10 yil davomida qilish kerak. Va bu eng yaxshi holatda. Odatda 17 yoshda chaqirishadi hamda 30 yoshda zaxiraga qo'yib yuborishadi.

Janubiy Koreya

Chaqiriq: 27 oy
Koreya Respublikasi bunday tajovuzkor va oldindan taxmin qilib bo'lmaydigan qo'shnisi tufayli xotirjam bo'la olmaydi. Chaqiriq doimiy asosda va xizmat uzoq, uch yilgacha davom etadi.

Liviya

Chaqiriq: 2 yil
Harbiy majburiyat umumiydir. Ayollar ham chaqiriladi, tenglik bir xil! Umuman olganda, harbiy ta`lim maktabdan boshlanadi, kattalar ham o'zlarining bo'sh vaqtlarini ko'proq unga bag'ishlashadi.

Norvegiya

Chaqiriq: 12 oy
Norvegiyalik uchun o'z mamlakatiga xizmat qilish juda obro'li. Qonunda 19 oylik majburiy harbiy xizmat ko'rsatilgan, biroq aslida kamuflyajni faqat bir yil kiyib yurishadi. Lekin chaqiruvdagilar o'z navbatini kutishlari kerak: yangi askarlar faqat armiyada bo'sh o'rin paydo bo'lsagina olinadi.

AQSh

Chaqiriq: ixtiyoriy asosda 
Amerika tarixining o'zi ham har bir fuqaro vatanini qurol bilan himoya qilishga tayyor turishini nazarda tutadi. AQSh armiyasidagi xizmat - ixtiyoriy va hukumat tomonidan qo'llab-quvvatlanadi.

Rossiya

Chaqiriq: 12 oy
Rossiya ham asta-sekin zamonaviy, professional shartnoma bo'yicha armiyaga qarab harakatlanmoqda. 2008 yildan chaqiruv bo'yicha xizmat bir yildan iborat bo'ldi, shuningdek, muqobil xizmatni ham tanlash imkoniyati bor.

O'zbekiston

O'zbekistonda esa harbiy xizmatning quyidagi turlari bor:

muddatli harbiy xizmat;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;
kontrakt bo'yicha harbiy xizmat;
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o'tagan rezervchilar xizmati.

Tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida muddatli harbiy xizmatga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga o'n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo'lgan, salomatligiga ko'ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o'tashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar.

Яндекс.Метрика