У нас есть только
оригинальные песни

Qaysi tumanlar aholisi ish haqini to'liq hajmda naqd shaklda olishi shart?

calendar 17.02.2017
3064

Ma`lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 2 fevral kuni “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to'lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”ga qarorga imzo chekdi.

Tahririyatga ushbu qaror bilan O'zbekistonning qaysi tog'li va olis tumanlarida joylashgan byudjyet tashkilotlari xodimlariga ish haqi, shuningdek, ijtimoiy to'lovlarni to'liq hajmda naqd shaklda amalga oshirishga oydinlik kiritish so'ralgan murojaat kelib tushdi.

Kun.uz bu masala yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi matbuot xizmati bilan bog'landi. Ma`lum qilinishicha, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753 “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to'lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” qarorining ilovasida tog'li va olis tumanlar ro'yxati keltirilgan.
Quyida byudjyet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to'lash, shuningdek, ushbu tumanlar aholisiga ijtimoiy to'lovlar ham hech qanday cheklovlarsiz to'liq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi belgilab qo'yilgan tog'li va olis tumanlar ro'yxatini o'zbek tilida taqdim etamiz: 

Qoraqalpog'iston Respublikasi

1.  Qanliko'l
2.  Qorao'zak
3.  Kegeyli
4.  Qo'ng'irot
5.  Mo'ynoq
6.  Taxtako'pir
7.  Chimboy
8.  Shumanay

Andijon viloyati

1.  Buloqboshi
2.  Ulug'nor
3.  Xonobod shahri

Buxoro viloyati

1.  Olot
2.  Qorako'l
3.  Qorovulbozor
4.  Peshku
5.  Romitan

Jizzax viloyati

1.  Arnasoy
2.  Baxmal
3.  G'allaorol
4.  Zomin
5.  Zarbdor
6.  Zafarobod
7.  Forish
8.  Yangiobod

Qashqadaryo viloyati

1.  Dehqonobod
2.  Mirishkor
3.  Muborak
4.  Nishon
5.  Chiroqchi

Namangan viloyati

1.  Kosonsoy
2.  Mingbuloq
3.  Norin
4.  Yangiqo'rg'on

Navoiy viloyati

1.  Konimex
2.  Nurota
3.  Tomdi
4.  Uchquduq

Sirdaryo viloyati

1.  Xovos

Samarqand viloyati

1.  Qo'shrabod
2.  Nurobod
3.  Paxtachi
4.  Urgut

Surxondaryo viloyati

1.  Boysun
2.  Qiziriq
3.  Muzrobod
4.  Sariosiyo
5.  Uzun
6.  Sho'rchi

Toshkent viloyati

1.  Bo'stonliq
2.  Bo'ka
3.  Pskent

Farg'ona viloyati

1.  Beshariq
2.  So'x
3.  Yozyovon

Xorazm viloyati

1.  Xazorasp
2.  Shovot
3.  Yangiariq
4.  Yangibozor

Ushbu ro'yxat O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753 “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to'lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” qarorining 2-bandiga ilova asosida belgilab qo'yilgan hamda to'lovlar fevral oyidan boshlab amalga oshiriladi.
Eslatib o'tamiz, Prezidentning 2 fevraldagi qarorida barcha turdagi pensiyalarni to'lash hech qanday cheklovlarsiz to'liq hajmda naqd shaklda amalga oshirilishi ham belgilab qo'yilgan.

Яндекс.Метрика