У нас есть только
оригинальные песни

QILG'ILIQNI QILGAN MAST HAYDOVCHI-YU, BOSHIDA KALTAK SINADIGAN DAN XODIMI-MI?

calendar 14.01.2015
6338

Shu kunlarda Toshkent shahrida sodir bo'lgan bir avtofalokat turli manbalarda turlicha muhokama qilinmoqda. Unga ko'ra, kim mast haydovchini qoralasa, boshqa birov DAN xodimlari harakatiga tanqidiy fikr bildirmoqda. Saytimiz esa voqeani aniq o'rganishga harakat qildi. Ishonchli manbalarga ko'ra, voqea quyidagicha sodir bo'lgan: 2015-yilning, 9-yanvar kuni soat 23:10da Chilonzor tumani, Muqimiy ko'chasida "Malibu” rusumli avtomashina yo'l qatnov qismining ikkinchi qatoridan katta tezlikda keskin yo'nalishini chapga qayirib olishga o'zgartirishi natijasida chap chetki qatorda harakatlanib kelayotgan "Lasetti” rusumli patrul avtomashinani urib yuborganligi, patrul avtomashina esa zarba natijasida boshqaruvini yo'qotib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan "Matiz” avtomashinasi bilan to'qnashgan. To'qnashuv natijasida "Matiz” avtomashinasida yo'lovchi sifatida kelayotgan ayol tan jarohati olgan va DAN xodimlari tomonidan shifoxonaga olib borilib, tez tibbiy yordam ko'rsatilgan. "Malibu” avtomashinasi haydovchisi esa voqea joyidan yashiringan. Keyin ma'lum bo'lishicha, haydovchi mast holatda bo'lgan. Shu kunlarda "Malibu” haydovchisi qonun oldida javob bermoqda. Yengil tan jarohati olgan ayolning sog'lig'i yaxshilanib, shifoxonadan chiqqan. Ayrim manbalar keltirayotgan soxta ma'lumotlarga ko'ra, avtohalokatda ikki yosh bola va bir qiz hayoti barbod bo'lgan. Uchqunni olov sifatida tasvirlab, mish mish tarqatayotgan odamlarga ham hayronsan? Bunday bo'hton yoyish kimlarga va nima uchun kerak? Qilg'iliqni qilgan mast haydovchi-yu, kaltak boshida sinadigan DAN xodimlarimi? Spirtli ichimlik ichib, sarxush yurgan haydovchining o'z umriga va biron mudhish avtohalokatga sabab yohud yo'lovchilar hayotiga zomin bo'lmasligini o'ylab, uni to'xtatishga uringan yo'l harakatiga, nazoratiga mas'ul xodimlarga minnatdorchilik bildirsak, maqsadga muvofiq bo'larmidi?
Яндекс.Метрика