У нас есть только
оригинальные песни

Qimmatbaho taqinchoqlarni to‘g‘ri tozalash qoidalari

calendar 27.01.2017
1181

Ba’zan taqinchoqlarimiz juda qimmatbaho ekanligi yoki qulay fursat bo‘lmaganligi uchun ularni uzoq vaqt taqmasdan, saqlab kelamiz. Fursat kelganda esa, ular chang bosib yoki qorayib ketganligini ko‘ramiz. Bunday vaziyatdan chiqishning ikki yo‘li bor. Birinchisi ularni zargarlik saloniga olib borib tozalatish, ikkinchisi mustaqil tartibga keltirish.

Taqinchoqlarni tozalashda qanday qoidalarga amal qilish kerak?

Tilla bilaguzuk yoki kulonni changlardan tozalash uchun uni 5—10 tomchi nashatir spirti qo‘shilgan sovunli eritmada yuving.

Nashatir spirti bilan namlangan zich mato salfetka yordamida artilsa, kumush ham avvalgiday yarqiray boshlaydi. Asosiysi aksessuarning mayda qismlariga zarar yetkazmaslik uchun ehtiyot bo‘lish lozim.

Olmos taqinchoqlarni esa 6—7 oyda bir marta, juda ehtiyotkorlik bilan yuvish talab etiladi. Buning uchun sizga sovunli eritma va yumshoq cho‘tkacha (masalan, eski tish cho‘tkasi) kerak bo‘ladi.

Marvaridni ifloslanish va namlikdan xalos etish uchun uni kartoshka kraxmali bilan artib chiqing. Agar u qorayib qolgan bo‘lsa, uni dastlab iliq sovunli eritma bilan, so‘ngra toza suv bilan yaxshilab yuvish va quritish lozim. Marvarid uzoq vaqt taqilmaganda rangi xiralashib qoladi.

Marjon va firuza, shuningdek, yog‘och taqinchoqlarni zinhor suv bilan yuvish mumkin emas. Ularni faqat quruq latta bilan artish mumkin.

Billurni esa ular uchun mo‘ljallangan suyuq sovun eritmasi va maxsus salfetka yordamida tozalash mumkin. Tozalovchi kimyoviy vositalardan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Яндекс.Метрика