У нас есть только
оригинальные песни

Qirg'iziston Adliya vazirligi xodimi giyohvand moddalar sabab 16 yilga qamalib ketdi

calendar 14.01.2016
889

Qirg'iziston adliya vazirligi qoshidagi davlat sud ekspertezasi eksperti Nikolay Iksanov 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Qirg'iziston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Bishkek viloyati, Pervomayskiy tuman sudi Iksanovni Qirg'iziston Respublikasi jinoyat kodeksiga asosan o'z mansabini suiiste'mol qilish, giyohvand va psixatrop moddalarni noqonuniy tayyorlash, sotib olish, saqlash, jo'natish va maqsadli ravishda saqlashga oid ayblar qo'yilgan.

«Iksanov 2004 yildan beri mazkur markazda ekspert bo'lib ishlab kelgan. 2015 yilda Bishkekda N.Maksutov gashish giyohvand moddasi bilan qo'lga tushadi. U bu narsani adliya vazirligi xodimidan 7 ming so'mga olganini aytadi. Iksanovning xonasi ko'zdan kechirilganida uning seyfidan marixuana moddasi topiladi», - deyiladi matbuot xizmati ma'lumotida.

Яндекс.Метрика