У нас есть только
оригинальные песни

Qirg'iziston prezidentining qizi 7 oylik farzandi bilan chegarada ikki soat qolib ketdi

calendar 25.10.2017
1505

Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atamboyevning qizi Aliya Shagiyeva Qirg'iziston-Qozog'iston chegarasida uzoq qolib ketdi. Bu haqida u o'zining Facebook sahifasida ma`lum qildi. 

Ta`kidlash joizki, Kiyevda "Triptix" galereyasida yosh rassom Aliya Shagiyevaning rasmlar ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. 

"Chegarada ikki soat navbat kutdik, chunki ahmoq bo'lib o'z mashinamizda kelibmiz. Aslida taksida kelib, nazoratdan yayov o'tib, uyoqdan yana taksiga o'tirish kerak ekan. Kichik bola bilan ketganimizni inobatga olganda, "reysga kech qolamiz" degan o'y-xayollar ketidan asablar sekin-asta taranglasha boshladi, ham yig'lagim, ham kulgim kelardi", - deb yozadi Shagiyeva. 

Prezidentning qizi shuningdek kichik bola bilan yo'lga chiqib, 7 oylik o'g'li uchun xorij pasporti haqida o'ylamagani, bu xayoliga ham kemlmagani haqida so'zlagan.

Bundan tashqari, Aliya Shagiyeva samolyot reysiga kech qolgan, "registratsiyada o'tirgan qizlar esa shunchaki yordam bergisi kelmay, bizni o'tkazishi qiyin bo'ldi. Ulardan biri menga mensimay, g'olibona qarash qildi, ilgari bundaylarga bir tarsaki tushirgan bo'lardim, biroq hozir bu menga hech qanday ta`sir qilgani ham yo'q".

Яндекс.Метрика