У нас есть только
оригинальные песни

Qirg'iziston sobiq bosh vazirining o'g'li davlatga hoinlikda aybdor deb topildi

calendar 09.09.2016
1847

Bishkek shahar sudi, Qirg'iziston hukumati apparatining halqaro hamkorlik bo'limi sobiq boshlig'i Altinbek MuraliYevni lavozimini suiiste`mol qilish va davlatga hiyonatda aybdor deb topib, unga 22 yillik qamoq jazosi tayinladi. 

"Sud majlisi yopiq tartibda o'tkazildi. Bishkek sudi kollegiyasi birinchi instantsiya qarorini yanada kuchaytirib, davlat ayblovi talabini qanoatlantirgan", - deya habar qilgan Qirg'iziston Oliy sudi matbuot kotibi Aynura Toktosheva "Interfaks" agentligiga.

"Ayblanuvchi 22 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Uning mol-mulki musodara qilinadi, hukmni kuchaytirilgan tartibli koloniyada o'tkazadi", - deya oydinlik kiritgan Toktosheva. 

18 may kuni Bishkek shahrining Pervomayskiy tumani sudi MuraliYevga “davlatga hiyonat” jinoyatini sodir etganligi uchun 18 yil qamoq jazosi va mol-mulkini musodara qilishni tayinlagan edi. 

MuraliYev davlat hizmatiga oid sirlarni horijiy tashkilotlarga berganlikda ayblanib, 2014 yil noyabrida qo'lga olingan edi. 

Яндекс.Метрика