Qirg'izistonda 17 yanvar kuni 16 yanvarda Bishkekdagi "Manas" aeroporti yaqinida turk aviakompaniyasining yuk samolyoti qulashi oqibatida mahalliy aholi halok bo'lgani sababli motam kuni deb e`lon qilinadigan bo'ldi. Bu haqda Qirg'iziston prezidenti matbuot-xizmati ma`lum qildi.
Oxirgi ma`lumotlarga ko'ra, qurbonlar soni 35 nafarga yetgan. Voqea joyi vayronalardan tozalanmoqda. U yerda kinologlar itlar bilan ishlashmoqda. Halok bo'lganlarning yaqinlariga ruhiy ko'mak ko'rsatish maqsadida chodirlar o'rnatilgan.
Qirg'iziston sog'liqni saqlash vazirligi ma`lumotlariga ko'ra, fojiada jabrlanganlar bilan 14 ta tez tibbiy yordam brigadasi va 60 ga yaqin shifokor ish olib bormoqda.