У нас есть только
оригинальные песни

Qirg'izistonda 5 yoshli bola qo'shni o'smir tomonidan vahshiylarcha o'ldirildi

calendar 28.09.2015
4480

Qirg'izistonning O'sh viloyati Aravan tumanida istiqomat qiluvchi 15 yoshli bola yashaydigan uy tomorqasidan 5 yoshli bolaning jasadi aniqlangan. Uning o'limidan gumondor sifatida 9-sinf o'quvchisi qo'lga olingan. Bu haqda viloyat ichki ishlar bo'limi bosh boshqarmasi matbuot kotibi Jenishbek Ashirbaev xabar bergan.

Uning ma'lum qilishicha, marhum bolakay Baxodirjon Olimovning ota-onasi u yo'qolib qolgani haqida militsiyaga murojaat qilishgach, jinoiy ish ochilgan va tezkor qidiruv harakatlari boshlangan.

"Bolakayning jasadi qo'shnilardan birining makkapoyasidan topildi. Uning qo'l va oyoqlari skotch bilan bog'langan edi. Bu esa bolakayning zo'ravonlik bilan o'ldirilganini isbotlaydi", deyiladi IIV xabarida.

Qotillikni sodir etganlikda asosiy gumondor qo'lga olingan va tergov davomida o'z qilmishiga iqror bo'lgan.

Яндекс.Метрика