У нас есть только
оригинальные песни

Qirg'izistonda ayollar erkaklardan 7 yilga ko'proq yashaydi

calendar 24.11.2015
1087

Qirg'izistonda ayollar erkaklardan 7 yilga ko'proq yashaydi. Bu haqda strategik tadqiqotlar milliy instituti direktori Talantbek Sultonov ma'lumot berdi.

Uning aytishicha, mamlakatda erkaklarning o'rtacha umr ko'rishi 67 yilni tashkil qilsa, ayollarda bu ko'rsatkich 75 yoshga teng. Bu ko'p jihatdan erkaklarning kattagina qismi nosog'lom turmush tarzi kechirishi bilan tushuntiriladi, ta'kidladi mutaxassis.

“Ular ko'p spirtli ichimlik ichishadi va chekishadi. Chekuvchining umri o'rtacha 10 yilga kamayadi”, - qo'shimcha qildi Sultonov.

Яндекс.Метрика