У нас есть только
оригинальные песни

Qirg'izistonda xotini, qaynog'asi va qizini chopib tashlagan erkak umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi

calendar 16.11.2015
3345

Qirg'izistonning Issiqko'l viloyatidagi Baliqchi shahrida xotini, qaynog'asi va qizini chopib tashlagan erkak umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu haqda shahar sudi hukmiga tayangan holda 24kg nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, Jalolobod viloyatining Novqot tumanida tug'ilgan 1970 yili tug'ilgan Ashirbek Bozorboev jinoyat kodeksining 97-moddasiga binoan aybdor deb topilgan.

Voqea 3 avgust kuni sodir bo'lgan edi. O'shanda shahar mittitumanlaridan birida joylashgan xonadondan 3 kishining jasadi topilgan edi. Bu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib halok bo'lgan ayol Veneraning turmush o'rtog'i, 45 yoshli Bozorboev qo'lga olingan edi. U tezda aybini tan olgan edi.

Яндекс.Метрика