У нас есть только
оригинальные песни

Qirg‘izistonlik yosh ixtirochi internet sifatini yaxshilash usulini o‘ylab topdi

calendar 08.07.2016
2093

Qirg‘izistonlik yosh ixtirochi Erjigit Imamov o‘zi ham ko‘p to‘qnash kelgani sababli internetga ulanish bilan bog‘liq muammolarga barham beradigan antenna yaratdi. Buning uchun forumlar orqali katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘zlashtirishi va Moskvadagi tanish muhandis bilan bog‘lanishi, o‘ziga yordamchi topishiga to‘g‘ri keldi, deya hikoya qiladi K-News. 

“Biz 4G va 3G’da ishlay olishi uchun ikkita antenna tayyorladik. Ular muvaffaqiyatli chiqdi, qamrab olish hududidan olisda bo‘lgan abonentlarni ham internetga ulash imkonini berdi. Antennalarimizni bazaviy stansiyalarga aniq yo‘naltirish zarurligi uchun ularga ‘Ko‘rsatkich’ deya nom berdim. Birinchi antenna 2600 megagers, ikkinchisi esa ikki diapazon — 1800 va 2100 megagersda ishlaydi”, — deydi ixtirochi. 

Qurilmaga talab ortib borayotganiga qaramay, Erjigit uni ommaviy ishlab chiqarishga shoshilayotgani yo‘q va sonni emas, sifatni afzal ko‘rmoqda. Qizig‘i shundaki, antennalar oddiy garajda yig‘ilmoqda. Sotilgan qurilmalar soni hali aytarli ko‘p bo‘lmasa-da, mamlakatning internet kuchsiz ishlaydigan viloyatlaridan tushayotgan buyurtmalar ko‘payib bormoqda. Shu bois ixtirochi kelgusida yordamchilari bilan garajdan katta va yorug‘ sexga ko‘chib o‘tishni rejalashtirgan. 

Яндекс.Метрика