У нас есть только
оригинальные песни

QISH FASLI ESLATAR SENI

calendar 21.12.2012
10122

Sovuq shamol, sovuq izg'irin,
Qor yog'moqda be orom, be gasht.
Izlab bordim bugun izlaring,
Sog'inch dardi ayt qaydayin dard.

Qor yog'ishin kuzatar edim,
Ko'zlaringni oynalaridan.
O'shanda qish meniki edi,
Bugun bezdim ginalaridan.

Chunki seni yo'qotdim mangu,
Egningdan qor qoqolmay qoldim.
Ul ondagi izg'irinlarni,
Axtarsamda topolmay qoldim.

Sochlaringni qordan avaylab,
Sovuq qotib mehrli qo'ling.
Qor yoqqanda atay- ataylab,
Men tomonga tushardi yo'ling.

Biz uchrashgan o'shal makonda,
Kutayotur ikkimizni qor.
Sen unutding men unutdim lek...
Unutmagan sevgimizni qor...

Яндекс.Метрика