У нас есть только
оригинальные песни

Qishloq va suv xo'jaligi vaziri iste`foga chiqdi

calendar 13.02.2018
1118

Qishloq va suv xo'jaligi vaziri Zoyir Toirovich Mirzayev iste`foga chiqdi. 

Ma`lum qilinishicha, Zoyir Mirzayev O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – Qishloq va suv xo'jaligi, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksining rahbari lavozimini saqlab qolgan.

Zoyir Mirzayev 2016 yilning kuzida Shuhrat Teshayev o'rniga Qishloq va suv xo'jaligi vaziri bo'lgandi.

Ma`lum bo'lishicha, vazirlik ikkiga ajratilgan: Qishloq xo'jaligi vazirligi va Suv xo'jaligi vazirligi.

Endilikda Qishloq xo'jaligi vazirligiga Namangan viloyatining sobiq hokimi Bahodir Tursunovich Yusupov rahbar etib tayinlangan.

2009-2015 yillarda Namangan viloyatini boshqargan Bahodir Yusupov shu kunga qadar O'zbekiston fermerlari Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Яндекс.Метрика