У нас есть только
оригинальные песни

Qishning o'ta issiq kelishi Frantsiya janubida o'rmon yong'inlariga sabab bo'lmoqda

calendar 27.12.2015
869

                      

Shanba, 26 dekabr kuni Frantsiya janubidagi Arej departamentida o'rmon yong'inlarining yangi uchta o'chog'i bartaraf etildi. AFP agentligi xabariga ko'ra, yong'inlar natijasida umumiy bo'lib 650 gektar o'rmon hududi yonib ketgan.

Mahalliy yong'in-qutqaruv xizmatlarining ma'lum qilishicha, hodisalardan hech kim jabr ko'rmagan, aholi evakuatsiya qilinmagan. Shu bilan birga, o't o'chiruvchilar yong'in o'choqlari yaqinidagi bug'doy ombori va turar-joy binolarini olovdan asrash bo'yicha qator choralarni ko'rishgan. Tabiiy ofatga qarshi kurash uchun 60 nafar qutqaruvchi safarbar qilingan.

“Yong'in o'choqlari bartaraf etilgan, biroq biz yangi alanganlardan kafolatlanmaganmiz”, - dedi yong'in xizmati vakili Kristian Lukovich. Ma'lumotlarga ko'ra, yong'inlar borish murakkab hududlarda ro'y berayotgani sababli ularni bartaraf etishda qiyinchiliklar tug'ilmoqda.

Arejdagi yong'inlar joriy hafta avvalidan buyon kuzatilmoqda. Dam olish kunlarida bu kabi holatlarning kamayishiga shamolning kuchsizlanayotshani sabab bo'lmoqda. Hozirgacha yong'in sabablari aniqlashtirilmagan, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilda qish G'arbiy Еvropa uchun o'ta issiq kelmoqda. Ayni pa tda Frantsiyada havoning o'rtacha harorati kunduz kuni 11 darajagacha isimoqda. Janubiy hududlarda esa harorat 17 darajaga qadar ko'tarilmoqda. Sinoptiklar dekabr meteokuzatuvlar tarixida o'rtacha harorat eng yuqori oy bo'lishi mumkinligini istisno etishmayapti. Ob-havo bashoratlariga ko'ra, bunday harorat Frantsiyada yanvar oyi avvaliga qadar saqlanib qoladi.

Яндекс.Метрика