У нас есть только
оригинальные песни

Qisqartirilgan YPX postlarida ishlaganlar qayerga o'tkaziladi?

calendar 10.01.2018
1408

Respublikada ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazolar ijrosi uchun mas`ul bo'lgan probatsiya xizmatini joriy qilish ko'zda tutilyapti. Bu haqda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” davlat dasturi loyihasida ma`lum qilingan, deb yozmoqda "Xalq so'zi" nashri.
 
Xo'sh, probatsiya xizmati nima o'zi? U ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan jazoga hukm qilingan, shu jumladan shartli hukm qilingan mahkumlarni qayta tarbiyalash, ularning huquqlarini ro'yobga chiqarish borasida ishlar samaradorligini oshirish hisoblanadi. Shu bo'yicha ishlab chiqilishi nazarda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida ana shu jihatlar belgilab qo'yiladi. Probatsiya xizmati shaxsiy tarkibini esa qisqartirilayotgan yo'l-patrul xizmati postlari shtat birliklari hisobidan shakllantirish nazarda tutilmoqda.

Bu boradagi normativ-huquqiy hujjatlar shu yil 20 noyabr sanasiga qadar ishlab chiqiladi.

Яндекс.Метрика