У нас есть только
оригинальные песни

Qiymati 10 milliard dollarga teng bitkoinlar saqlanadigan maxfiy ombor topildi

calendar 11.05.2018
1343

Butun dunyodagi bitkoinlarning yetti foizi Shveysariya tog‘larida joylashgan harbiy bunkerdagi Xaro kompaniyasining serverlarida saqlanadi. Ushbu kriptovalyutalar qiymati 10 milliard dollarga baholangan, deb xabar beradi Bloomberg.

“Bu shuni anglatadiki, Xaroni depozitidagi mablag‘lar atigi to‘rt yil ichida AQShdagi 5670 ta bankning 98 foizida saqlanuvchi mablag‘lardan oshib ketdi”,— deb yozadi Bloomberg.

Bunker bitkoinlar saqlanuvchi sovuq omborni eslatadi — u yerda kriptovalyutalar offlayn rejimida saqlanadi, bu esa ularning o‘g‘irlanish ehtimolligini kamaytiradi. Xaro mijozlari o‘zlariga tegishli bitkoinlarni ushbu ombordan olishlari uchun ikki kun ketadi — bu vaqt davomida kompaniya mijoz shaxsini va uning kriptovalyutani olish borasidagi so‘rovini tekshirib chiqadi. Shundan so‘ng Xaro bunkerning turli qismlarida joylashgan xususiy kalitlari orqali tranzaksiyalarga imzo chekadi.

Яндекс.Метрика