У нас есть только
оригинальные песни

Qiz farzandi bor otalar uchun qoidalar

calendar 21.11.2015
3208

Otalik – har bir erkak uchun murakkab sinov, ayniqsa, qizi bor otalar uchun. Qiz farzandga alohida munosabat darkor. Quyidagi maslahatlarni uch nafar qiz farzandi bor ota yozgan.

1. Qizingiz gapirayotgan har bir so'zga e'tibor qarating. Agar qizingiz sizga nimanidir aytyaptimi, demak, bu muhim.

2. Qizingizga tez-tez uning judayam chiroyli ekanligini aytib turing.

3. Qizingiz uchun onalik qilishga urinmang, sizning vazifangiz boshqa.

4. Qizingizga hech qachon baqirmang, agar baqirib yuborsangiz, undan kechirim so'rashdan uyalmang.

5. Agar qizingiz yangi o'yinchoq olib berishingizni so'rasa, bir nechta eski o'yinchoqlarini boshqalarga sovg'a qilishini taklif eting.

6. Har bir qizaloqqa malikalardek munosabatda bo'lish darkor.

8. Qizingizni tez-tez bag'ringizga bosib turing.

9. Qizingiz ishingizga yordam bermoqchi bo'lsa, unga to'sqinlik qilmang. Keyinchalik buning foydasini ko'rasiz.

10. Doimo birgalikda bajaradigan biror ishingiz, masalan, kartoshka archish bo'lsin. 

11. Qizingiz doimo sizning himoyangizda ekanligini bilib tursin. U har doim qiyin damlarda faqatgina sizga suyanadi.

12. Shifokor va hamshiralarni hurmat qiling. Hayoti davomida ularga qizingizning bir necha marta ishi tushadi. 

13. Har bir qizaloq otasi bilan sayrga chiqishga haqli.

14. Qizingizga hech qachon onasi nohaq ekanligini aytmang. Ikkalangiz ham nohaqsiz. Qars ikki qo'ldan chiqadi.

15. Ba'zan qizingiz yig'lasa qo'rqib ketmang. Aybdorlarni qidirishga yoki uni yupatishga shoshilmang. Unga yig'lab olishiga imkon bering.

16. Qizingizning ba'zida sho'xlik qilishiga, yugurib sakrashiga imkon bering.

17. Qizingizning urinishlarini qadrlang. Biror ishni uddalay olmasa ham uni bajarishga harakat qilsa, qizalog'ingizni maqtab qo'ying va unga yordam bering.

18. Kichkina malikangiz qanday kiyinishni istasa shunday kiyinishiga imkon bering, albatta, ob-havoni hisobga olgan holda.

19. U sizga ishongan sirlarni hech qachon ochmang.

20. Va so'nggisi: qizalog'ingizga gul sovg'a qilishni unutmang.

Яндекс.Метрика