У нас есть только
оригинальные песни

Qiziqarli ma'lumot: Osmonlarda qolgan yulduzlar - 1979 yil 11 avgustda sodir bo’lgan “Paxtakor” jamoasining halokati

calendar 13.08.2017
1914

1979 yilni 11 avgustida Ukrainaning Dneprodzerjinsk shahri osmonida 10 mimg metr balandlikda ikkita Tu-134 samolyotlarining to’qnashuvi sodir bo’ldi. Ulardan birida Minskda bo’lib o’tishi kerak bo’lgan SSSR chempionatining matchiga uchib ketayotgan “Paxtakor” futbol jamoasi bo’lgan edi. Bu SSSR davridagi eng yirik halokat edi. Butun mamlakat qayg’uga botgan, o’zbeklar esa musibatdan karaxt bo’lib qolganlar.

Ushbu fojiada 178 kishi halok bo’ldi, ulardan 17 nafari “Paxtakor” futbol jamoasining a’zolari edi: Murabbiy Izgay Tazetdinov, shifokor Vladimir Chumakov, administrator Mansur Tolibjonov, o’yinchilar Sergey Pokatilov, Viktor Churkin, Yuriy Zagumennix, Mixail An, Sirojiddin Bozorov, Ravil Agishev, Konstantin Bakanov, Olim Ashurov, Nikolay Kulikov, Vladimir Fyodorov, Vladimir Sobirov, Shuhrat Ishbo’tayev, Vladimir Makarov va Aleksandr Korchenev.

Tasodif tufayligina jamoaning bosh murabbiyi Oleg Bazilevich omon qoldi. U sharoit taqozosi bilan Minskga boshqa samolyotda biroz kechroq yetib bormoqchi edi. Turli sabablar bilan ushbu matchga bormagan darvozabon Aleksandr Yonovskiy, himoyachilar To’lagan Isoqov va Anatoliy Mogilniylar ham omon qoldilar.

Fojia qanday sodir bo'ldi?

  Halokatga uchragan samolyotlardan biri Chelyabinsk-Voronej-Kishinyov yo’nalishi bo’yicha, yana biri esa Toshkent-Guryev-Donetsk-Minsk yo’nalishi bo’yicha parvoz qilayotgan edi.

To’qnashuv sabablari

11 avgust kuni parvozlarni dispecherlardan –  4 yillik ish tajribasiga ega bo’lgan Vladimir Sumskoy va 2,5 oylik ish tajribasiga ega bo’lgan 20 yoshli Nikolay Jukovskiylar boshqarganlar. Ularni  yana ikkita mutaxassis Sergeyev va Tomilov nazorat qilib turgan edi. Nima bo’ldi- yu, biroz vaqtga shunday mas’uliyatli dispetcherlik vazifasi tajribasiz Jukovskiyga yuklandi. Bundan tashqari, o’sha mudhish kunda o’sha hududda yana ikkita samolyot parvoz qilyotgan edi. Birida – chet elga uchayotgan yuqori lavozimdagi amaldor bo’lgan, ikkinchisida esa Qrimga Brejnevning huzuriga uchayotgan Mongoliya kommunistlarining rahbari bor edi. Shuning uchun ham balandlikdagi bir necha koridorlar yopilgan edi. Dispetcherlar bir vaqtning o’zida 12 ta samolyotni boshqarayotgan edilar, qo’llanma bo’yicha esa samolyotlar soni 10 tadan oshmasligi lozim edi.

Dispetcher masofalarni not’gri hisoblab, samolyotlarga balandliklar bo’yicha buyruq bergan, natijada ikkita samolyot bir koridorga tushib qolgan. Halokatdan 4 daqiqa avval katta dispetcher hisobda noaniqliklar borligini sezib qoldi, vaziyatni to’g’rilashga harakat qildi, biroq aloqa tizimidagi shovqinlar  va uchinchi uchoq Il -62 samolyotining paydo bo’lib qolishi bunga halal berdi. 

1979 yil 11 avgust kuni soat 13:35da samolyotlarning to’qnashuvi sodir bo’ldi. Ba’zi versiyalarda samolyotlar tumshug’i bilan urilgani aytilsa, boshqa versiyada Chelyabinsk samolyoti Toshkent samolyotining dum qismini bo’lib yuborgani va shundan keyin samolyot balandlikni yo’qota boshlagani hamda yoqilg'i bakining yona boshlagandan keyin samolyotning omon qolishiga hech qanday imkon qolmaganligi aytiladi. Shuningdek, terroristik akt, siyosiy manfaat, diversiya kabi sabablar ham ko’rib chiqilgan. Ammo  dispetcherlar aybi eng qulayi, deb topildi va rasman shunday deb e’lon qilindi. Halokatning asl sababi esa mavhumligicha qoldi.

 Ushbu fojia tavsilotlari “O’ta maxfiy” grifi ostida saqlangan. Hattoki sodir bo’lgan halokat bir haftadan keyingina, ya’ni 18 avgust kuni rasman e’lon qilingan.  Hamma ayblar dispetcherlarning bo’yniga yuklatilgan, ular ham 15 yil qamoq jazosini olishgan. Ammo shu muddatning 6 yilinigina o’tab, amnistiya tufayli ozodlikka chiqqanlar.

Futbolchilarning jasadlari temir tobutda Vatanlariga18 avgustda keltirildi va Toshkent aeroportida ular bilan xayrlashish motam marosimi o’tkazildi. U yerga faqatgina maxsus ruxsatnomasi borlargina kira oldilar.

Shunga qaramay, xalq o’z suygan futbolchilarini oxirgi manzilga kuzatishga chiqdi. Aeroportdan Botkin qabristonigacha davom etgan motam jarayonida odamlar yo’lning ikkila tomonida devor bo’lib turdilar, tobutlarni olib ketayotgan mashinalarning tagiga xalq gul tashlar edi. Odam oqimi keyin qabristonga bordi. Toshkent uzra xalqning ohu-nolasi va qayg’u-g’ami hukmron edi, yig’lamagan odamning o’zi qolmadi. Shahar va butun Respublika bu karaxtlikdan ancha vaqtgacha o’ziga kelolmay yurdi. Yangi tarkibdagi “Paxtakor” jamoasining Tbilisida bo’lib o’tgan futbol matchida diktor ayol halok bo’lgan futbolchilarning nomini o’qir ekan, yig’isini tutib tura olmadi, uni ko’rgan 50 ming odamli stadiondagi ko’pchilik muxlislar ham ko’z yoshlarini to’xtata olmadilar.

2013 yil 11 avgustda Toshkentdagi Botkin nomli qabristonda 1979 yilda fojiali halok bo’lgan “Paxtakor” xotirasiga bag’ishlab yodgorlik o’rnatildi.      

Яндекс.Метрика