У нас есть только
оригинальные песни

Qiziqarli ma'lumotlar!

calendar 23.03.2015
8216


Leonardo da Vinchi ixtiro qilgan budilnik uxlayotgan odamning oyoqlarini qitiqlar edi.


Ko’rsichqon (krot) bir soatda 15 metrlik tunel qazish imkoniyatiga ega. 


Ko’k kit chiqaradigan tovush startga tayyor raketa shovqinidan balandroqdir.


Nil daryosi sohillaridan har yili mingga yaqin odam timsohlarga yem bo’lar ekan. 


Ikkinchi jahon urushi davrida "Oskar” haykalchalardan yasalgan ekan.


Uolt Disney bolaligida boyqushni qiynab o’ldirgan ekan. Shuning uchun ham ulg’aygach, jonivorlarni o’z multfilmlarida jonlantirishni oldiga maqsad qilib qo’ygan ekan.


Koreya so’zining ma’nosi – Tongi tarovat.


Eng keng qanotli qush Albatros (qanoti 3,7m). 


Uzum yetishtirishda dunyoda birinchi o’rinda turadigan mamlakat – Italiya.


Fransuzlar pomidorni "Muhabbat olmasi” deb atashgan.


Okean suvida 70 xil tuz bor.


Xitoyliklar mehr-muhabbat toshi deb Magnit toshini atashgan. 


Eng qiyin yozuv Xitoy yozuvidir. 50000 dan ortiq belgi, ieroglif bor.


Ruminiyaning Oraz shahrida antiqa muzey ochilgan. Uning kolleksiyalari faqat tuxumdan iborat. Bu yerda siz 80 ta davlatdan keltirilgan 700 ta tuxumni tomosha qilishingiz mumkin. Eksponatlar ichida eng kichkina 13 millimetrli chittak tuxumidan tortib, 152 milllimetrli tuyaqush tuxumlarigacha bor. 

Tuya bir yo’la 250 litr suv ichadi


Buyuk Britaniyalik 105 yoshli Persi Errousmis va uning 100 yoshli xotini Florens 2005 yil 1 iyunda to’ylarining 80 yilligini nishonlab, "Rekordlar kitobi”ga kirishgan.


Яндекс.Метрика