У нас есть только
оригинальные песни

Qiziqchi Avaz Oxun o‘z konsertida nima uchun fonogrammadan foydalanishini tushuntirdi

calendar 08.11.2015
2334

Qiziqchi Avaz Oxunning "Istiqlol” san’at saroyida tashkil etiladigan "O‘zimizning gaplar” nomli bo‘lajak konsert dasturida fonogrammadan foydalaniladi. Bu "7×7” gazetasi xabar bermoqda.

Gazeta muxbirining: "Xonandalarning fonogrammadan foydalanishini tushunish mumkin, ammo qiziqchilarga ham fonogramma kerakmi?”, — degan savoliga Avaz Oxun shunday javob berdi: "Aytaylik, Avaz Oxun deb meni tanishtirgan payt quruq chiqib kelmayman-ku. Ana o‘shanda biror musiqa qo‘yiladi. Shu musiqa uchun ham "fonogrammada ijro etiladi”, deb e’lon qilinishi kerak”.

Avaz Oxunning aytishicha, aslida qiziqchilikni fonogramma qilib bo‘lmaydi. "Gaplarni oldindan yozib olsam-da, qo‘ysam, tomoshabin mazza qilib kuladigan payt fonogramma kutib turolmaydi — gapirib ketaveradi. Yoki shu yerda muxlis keladi, deb to‘xtalish qilgan bo‘lsam, [hech kim kulmasa], disk [davomini] o‘qib yuborolmaydi”, — deya qo‘shimcha qildi qiziqchi.

Avaz Oxun intervyu davomida marhum qiziqchi Hojiboy Tojiyevning "bir-ikkita gaplaridan foydalanishi”ni, unga to‘liq taqlid qilmasligini ma’lum qildi, shuningdek, boshqa bir taniqli qiziqchi — Mirzabek Xolmedov bilan munosabatlari yomonlashgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Яндекс.Метрика