У нас есть только
оригинальные песни

Qizlarning nomusiga tajovuz qilib, qotillikka qo‘l urgan andijonlik shaxs 20 yilga qamaldi

calendar 29.06.2015
3494

Muqaddam 4 marta sudlangan Andijon viloyatida tug‘ilgan shaxs bu safar o‘ta qabih qilmishga qo‘l urdi, deb yozadi "Huquq” gazetasi. Foto: runews24.ru Foto: runews24.ru Navbatdagi jazoni o‘tab chiqib, novvoyxonalardan birida ish boshlagan bu shaxs sog‘lig‘i yaxshi emasligi sabab tez-tez davolanadigan ko‘ngli yarimta qizning ishonchiga kiradi va unga muhabbat izhor qiladi. Jinoyatchi qizni ziyoratgohga olib borishni va’da qilib, u bilan yo‘lovchi mashinada yo‘lga tushadi. U biroz yurgandan keyin mashinadan tushadi va dala orqali yo‘lni kesib chiqish mumkinligini aytadi. Qizning qarshiligiga qaramay, uni boshiga urib, bo‘g‘adi va bokira qizning nomusiga tegadi. U qizning sumkasini titkilab, pullarini olib qo‘yadi. Uyga qaytib kelgan qiz IIBga ariza bilan murojaat qiladi. Bundan xabar topgan zo‘ravon avvaliga Jizzax shahriga, keyin Gulistonga qochib o‘tadi. U eski tanishining uyiga maishat qilish uchun borganida bir qiz bilan tanishib qoladi. Biroq ko‘p o‘tmay, yigit bu qizga nisbatan ham eski odatini ishga soladi. Qizning qarshiligiga javoban esa, o‘zi bilan olib yurgan pichog‘ini ishga soladi va unga tan jarohati yetkazadi. Qizning jon achchig‘ida baqirganini eshitgan xonadon bekasi tanishi bilan ichkariga yuguradi. Zo‘ravon ularni ham pichoqlab, voqea joyidan qochib qoladi. Jabrlanuvchilar kasalxonaga olib ketiladi, biroq og‘ir tan jarohati olgan xonadon bekasi shifoxonada vafot etadi. Ko‘p o‘tmay, zo‘ravon va qotil qo‘lga olinadi… Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyat sudi nafaqat zo‘ravonlik, balki bir insonning hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga sababchi bo‘lgan jinoyatchiga 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Яндекс.Метрика