У нас есть только
оригинальные песни

Qo'lda terilgan 1 kg paxta xom ashyosi uchun 700 so'm to'lash taklif qilinmoqda

calendar 10.07.2018
921

O'zbekiston Respublikasi Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokama qilinuvchi portalda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil hosili paxta xom ashyosini yig'ib-terib olish bosqichlarida mehnatga haq to'lash tarif stavkalarini tasdiqlash to'g'risidagi qaror loyihasi taqdim etildi.

Hujjatga ko'ra, qo'lda terilgan 1 kilogramm paxta xom ashyosi uchun to'lanadigan mehnat haqini birinchi bosqichda - 700 so'm, ikkinchi bosqichda - 800 so'm qilib belgilash taklif qilingan. 

Mashinada terilgan paxta xomashyosining 1 tonnasi uchun 350 000 so'mdan xizmat haqi to'lash taklif qilinmoqda. 

Paxta yig'im-terimini uyushqoqlik bilan o'tkazish uchun joylarda kamida 100 nafar terimchidan iborat bo'lgan terimchilar otryadlari tashkil etiladi. 

Ta`kidlash joizki, hujjat loyihasida "terimchilar otryadi" tarkibi haqida aniq yozilmagan. Umid qilamizki, otryad tarkibiga ta`lim va tibbiyot muassasalari vakillari, shuningdek talabalar va o'quvchilar kiritilmaydi.

Яндекс.Метрика