Qo'shib yozishlar fosh bo'ldi. Hali hech qaysi hudud paxta rejasini bajarmagan

Xorazm va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi paxta rejasini bajargani yolg'on bo'lib chiqdi.

Bugun O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokidagi yig'ilish vaqtida paxta terimi vaqtida amalga oshirilgan qo'shib yozishlar fosh qilindi. Natijada, Toshkent va Jizzax viloyati hokimlari qo'shib yozishga yo'l qo'yilgani uchun ishdan olindi, Xorazm viloyati hokimi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi rahbari jiddiy ogohlantirildi.

13 oktabr kuni Xorazm viloyati, 20 oktabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi, 27 oktabr kuni Navoiy viloyati paxta sotish rejasini bajargani haqida ma`lum qilingandi.

Endi bu hududlarning natijalari bekor bo'ldi va asl holatiga qaytarildi.

28 oktabr holatiga ko'ra, Jizzax va Toshkent viloyatlari Respublika viloyatlarida 2017 yil hosilidan paxta xomashyosi tayyorlash to'g'risidagi ma`lumotnoma reytingida 9 va 10 o'rinlarda joylashgandi. Avvalgi reytingda Jizzax viloyati paxta rejasini 83,44 foizga yetkazgani keltirilgandi. Yangilangan reytingda esa aslidagi ko'rsatkich - 76,83 foiz.

Toshkent viloyati ko'rsatkichlarida farq juda katta - 10 foizdan ortiq. 28 oktabr kungi ma`lumotnomada viloyat rejani 82,98 foizga yetkazgani ma`lum qilingandi. Aslida esa viloyatning ko'rsatkichi - 72,55 foiz. Oxirgi o'rin.

Bundan tashqari, 28 oktabr kungi va 30 oktabr kungi ma`lumotnomalar solishtirilganida Andijon va Buxoro viloyatlarining natijalarida 5 foiz atrofida farqlar bo'lgani ko'rinadi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati ham qo'shib yozganlar qatorida.

Yangilangan «svodka»ga ko'ra, Samarqand, Sirdaryo, Farg'ona, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida qo'shib yozish holatlari qayd etilmaganini ko'rish mumkin. Lekin bu oxirgi voqealar hisobga olinsa, eng aniq ma`lumot bo'la olmaydi.

Ayni vaqtda respublikaning rejasi 88 foizga yetgan.


Комментарии (1) | Добавить: 30.10.2017
1. uzbeki (31.10.2017 08:39)
Yashavor
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda
Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda 90 ming ish o‘rni yaratiladi
Coca-Cola’ning daromadi 5 marta tushib ketdi
Buxoroda baliqchilikni rivojlantirishga 100 milliard so‘m ajratiladi
MIBga qarzdorlarning plastik kartochkasidan pul yechib olish huquqi berildi
Avtomobillar oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaganlik uchun notarial to‘lov arzonlashdi