У нас есть только
оригинальные песни

Qo'shma korxonada mehnat ta`tillari muddati farqlanishi mumkinmi?

calendar 27.12.2017
979

SAVOL: Qo'shma korxonaga ishga joylashayotgan vaqtimda, ish beruvchi korxonaga chet el fuqarolari rahbarlik qilayotganligi sababli, korxonadagi yillik mehnat ta`tili 12 kunni tashkil etishini aytdi. Bu to'g'rimi?

J.Abirov

JAVOB: Bu — noto'g'ri. Mehnat kodeksining 5-moddasiga muvofiq mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to'g'risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas. Shu bilan birga, Mehnat kodeksining 134-moddasiga muvofiq xodimlarga o'n besh ish kunidan kam bo'lmagan muddat bilan yillik asosiy ta`til berilishi nazarda tutilgan.

Savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi yuridik xizmati rahbari Davlatnazar Matrasulov javob berdi.

Яндекс.Метрика