У нас есть только
оригинальные песни

QO'RQAMAN MEN YOLG'IZ QOLISHDAN

calendar 10.11.2012
4565

SOG'INDIM!!!

Sog’indim jilmaygan ko’zingni, 
Ko’rmagan bo’lsam-da o’zigni, 
O’paman yurmagan izingni, 
Sog’indim, indamay sog’indim 

Sovuq qish uyimga kirolmas, 
Yuragim taftiga chidolmas, 
Xattoki hayolim buzolmas, 
Hayolga cho’mgancha sog’indim. 

Har yili o’n yoshga ulg’ayib, 
Mendamas, sevgimda deb ayb, 
Hamonki kutyapman mung’ayib, 
Bilmagan ismingni sog’indim. 

Qiyoslab goh kunga, goh gulga, 
Ovozing orzulab bulbulga, 
O’xshatib hurliqo suluvga, 
Noayon jismingni sog’indim. 

Toxtadim hayotdan nolishdan, 
Alamim olaman bolishdan, 
Qo’rqaman men yolg’iz qolishdan, 
Yolg’izmas kunlarim sog’indim. 

Nafasing sezaman yiroqdan 
Tunlari porlagan chiroqdan, 
Charchadim judayam firoqdan, 
Firoqsiz tunlarim sog’indim. 
Яндекс.Метрика