У нас есть только
оригинальные песни

Qo‘rqinchli filmlar rejissorining boshi qabristondan o‘g‘irlab ketildi

calendar 16.07.2015
2762


Berlin yaqinida joylashgan qabristondagi oilaviy mozordan rejissor Fridrix Vilgelm Murnauning boshi o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Der Spiegel nashri xabar qilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa o‘tgan dam olish kunlari ro‘y bergan. Murnauning aka-ukalari dafn etilgan ikkita qo‘shni qabrlarga tegilmagan. Politsiyachilar mozor yonidan mum izlarini topgan, shu bois bu yerda qandaydir marosim o‘tkazilganligi ham ehtimoldan xoli emas.

Fridrix Vilgelm Murnau qo‘rqinchli filmlar janriga asos solgan rejissorlardan biri hisoblanadi. Jumladan, u 1922-yilda Brem Stokerning "Drakula” romani asosida "Nosferatu. Qo‘rquv simfoniyasi” filmini suratga olgan.


Яндекс.Метрика