У нас есть только
оригинальные песни

Qo‘shiqchi Prinsning elektr gitarasi Los-Anjelesda kimoshdi savdosiga qo‘yiladi

calendar 15.05.2016
855

21-aprelda olamdan o‘tgan qo‘shiqchi Prinsning eksklyuziv shakldagi elektr gitarasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi, u 24-iyun kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “TASS”.

Heritage Auctions auksion uyi ma’lum qilishicha, yorqin tillarangdagi musiqiy asbob narxi 30 ming dollar deb belgilangan.

Ushbu gitara 1980—1990-yillarda Prins uchun buyurtma bo‘yicha yasalgan yettita gitaradan bittasi bo‘lib, unda xonanda Cream va Get Off kabi mashhur qo‘shiqlarini ijro etgan.

Raritet mediatorlar to‘plami hamda buyurtma bo‘yicha tayyorlangan qora g‘ilof bilan birga sotiladi. Yana bir namuna esa Vashingtondagi Amerika tarixi muzeyida saqlanadi.

Яндекс.Метрика